20:19 / 07.06.2019
3 136

Semirishga majbur qiluvchi miyadagi 6 ayyorlik

Semirishga majbur qiluvchi miyadagi 6 ayyorlik
Tanamizdagi nozik sozlamalarni nazardan qochirsak, «Kamroq tanovul, ko‘proq harakat» formulasi doim ham ishlamasligi mumkin.

1. O‘zini past baholash

Haddan tashqari shaxsiy talabchanlik hayot ranglarini qorong‘ilashtiradi va bel aylanasi hajmini oshiradi. Ozdirish sanoati vakillari semizlikdan aziyat chekuvchi odamlarni o‘zini yomon his qilishga majbur qiluvchi va tanasiga ortiqcha tanqidiy yo‘l bilan munosabatda bo‘lishga majbur qiluvchi yo‘lni ishlab chiqishgan. Natijada, bu ayyorlikka uchgan shaxs tabletkalar, vazn kamaytiruvchi vosita va to‘g‘ri ovqatlanish rejalariga bir qop pul sarflab yuborishi mumkin. Ular esa katta ehtimol bilan samarasiz bo‘lib chiqadi.

Shaxsiy ishonchi kam odamlar omadsizlikka uchrashganda aldamchilarni emas, o‘zlarini ayblashadi. Ko‘ngillari vayron bo‘lib, qo‘l siltashadi va o‘zlarini ovqatdan tiyishni bas qilishadi. Ozgina vaqt o‘tib yana «ozdiruvchi» vositalarni sotib olishga kirishishadi. Lekin buning ortida «yo-yo effekti» deb nomlangan kuchli oziqlanish cheklovdan keyin insonning xalos bo‘lganiga nisbatan yanada ko‘proq vazn olishiga turtki bo‘luvchi natija hosil bo‘ladi.

Qanday kurashamiz?
Shaxsiy qattiqqo‘llikni kamaytirishning eng oddiy yo‘li bu psixolog bilan ishlashdir. Mutaxassis miyangizni «ta’mirlaydi», bu esa hayotingizni soddalashtiradi. «B» rejasi ham mavjud: samara beruvchi yo‘llar orqali o‘z tanangiz formasini to‘g‘rilash. Masalan, kaloriyalarni hisoblash. Ha, kichik tafovutlar kelib chiqishi ham mumkin.

2. Hayajonlanganda ko‘p tanovul qilish

Ovqat asosan yog‘li va shirin bo‘lganda o‘zini qulayroq his qilishga yordam beradi. Shuning uchun ham aksariyat odamlar har qanday tushunarsiz holatga tushishsa, chaynashga biror nima qidirib qolishadi. Ayollar stressga berilganda tamaddiga berilishsa, erkaklar zerikishning o‘rnini yeguliklar bilan bosishadi.

Buning natijasida siz ortiqcha kaloriyaga ega bo‘layotgan paytingizda tana harakati o‘rniga miyangiz ishlab turgani uchun yog‘ qatlamlari hosil bo‘lib boradi.

Qanday kurashamiz?
Agar siz yuqoridagi muammoni boshingizdan o‘tkizayotgan bo‘lsangiz, tanovulingiz haqida kundalik tuting. Nafaqat nima yeganingizni, balki uning sababini ham yozing. Masalan, siz tushlikka sendvich tayyorladingiz, chunki och edingiz. Kechki paytga esa ishdan chalg‘ish maqsadida shokoladni paqqos tushirganingiz haqida yozasiz. Qachonki haqiqiy sabablarni tushunib yetib, qonuniyatlar namoyon bo‘lganida ovqatlanish tarzingizni nazoratga olish osonroq kechadi.

3. Tushkunlik

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, depressiya va vazn orttirish orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa mavjud. Chunki tushkunlik kelajakda semirishga olib keluvchi sabablardan biri qilib ko‘rsatilgan. Qaytarma aloqa ham mavjudligini ta’kidlash joiz: ortiqcha vaznli odamlar tushkunlikka tushishga ko‘proq moyil bo‘lishadi. Bundan tashqari, stress tanada kilogrammlarni tashlashga to‘sqinlik qiluvchi kortizolni ishlab chiqilishiga yo‘l ko‘rsatadi.

Qanday kurashamiz?
Depressiya bu nafaqat kayfiyatdagi muammo, balki psixiatr qabulida bo‘lish lozim bo‘lgan jiddiy kasallikdir.

4. Ozishga juda qattiq berilish

Siz kaloriyalarni hisoblashni boshladingiz, sportzalga qatnayapsiz va o‘zingizga askarlarniki kabi intizom o‘rnatdingiz. Lekin aynan xuddi shunday qattiq kirishish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Agar siz juda oz tanovul qilayotgan yoki mashg‘ulotlarda ko‘p kuch sarflayotgan bo‘lsangiz, miya vazn tashlashga to‘sqinlik qiladi.

Birinchidan, tana bu qattiqqo‘llikni siz maxsus o‘rnatganingizdan bexabar. Shuning uchun u tirik qolish rejimiga o‘tib olgan. Izlanishlar natijasiga ko‘ra, miya to‘qimalari kaloriyaga kuchli yetishmovchilik sezilganda yog‘larni eritishning oldini olish xususiyatiga ega. Olimlar bu mexanizmning tarixi juda qadimga borib taqalishini, inson ovqatga katta tanaffuslardan so‘ng erishgan sharoitlarda tana o‘zi energiya zaxiralarini bexato taqsimlashga majbur bo‘lgan, deb ishonishadi.

Ikkinchidan, qattiq cheklov ovqatga nisbatan mukkasidan ketishga va tanovulingizga nisbatan nazoratni ozroq bo‘sh qo‘yganingizda o‘zni to‘xtata olmaslikka majbur qiladi. Va yana «yo-yo effekti».

Qanday kurashamiz?
Tezkor natijalar ortidan quvmang. Oziq-ovqat va mashg‘ulotingizni muvofiqlashtiring. Shunda siqilgan achchiq limondek emas, kuchliroq va baxtliroq bo‘lasiz.

5. Ovqatga noto‘g‘ri munosabat

Xipcha bel egalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali «ozdiruvchi» mahsulotlar sotuvchilari ovqatga nisbatan lazzatlantiruvchi mashg‘ulot kabi emas, shunchaki yoqilg‘i sifatida qarashga chaqirishadi. Muammo shundaki, siz mashina emassiz. Shuningdek sizdagi ta’m retseptorlari bekorga berilmagan.

Agar sizga ko‘proq tovuq go‘shti yeyishni tavsiya qilishgan bo‘lsayu, lekin siz bunga toqat qila olmayotgan bo‘lsangiz, demak bu strategiya allaqachon ishdan chiqqanini taxmin qilish mumkin.

Qanday kurashamiz?
Ovqatga nisbatan qiziqishimizni bexato hisobga olsak, to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilish osonroq kechadi. Lekin menyuni belgilash mustaqil kechishi kerak. Vaholanki, hechkim sizning afzal ko‘radigan taomlaringizni o‘zingizdan ortiqroq bilishi mumkin emas.

6. Ovqatga mukofot sifatida qarash

Ovqat tabiat tomonidan bizga in’om etilgan tuhfadir. Tanovul miyadagi rohatlanish markazini faoliyatga keltiruvchi dofamin moddasini ishlab chiqarishga turtki bo‘ladi. Agar o‘zingizning muvaffaqiyat va natijalaringizni taom bilan rag‘batlantirsangiz, xush yoqish hissi uzoqroqqa cho‘ziladi. Buning ortidan yoqimli sezgi va ovqatlanish o‘rtasida yaqin munosabat o‘rnatilib, hattoki ishtahangiz bo‘lmaganda ham ovqatga nisbatan talab so‘nmaydi.

Masalan, bolalikda tortni faqat bayramda yegansiz. Hozir esa bu turdagi pishiriqlar kayfiyatingizni ko‘tarish va kunni alohida tarzda o‘tkazishning eng sinalgan usuli.

Qanday kurashamiz?
Har tanovuldan oldin aniq bir savolni o‘rtaga tashlang: siz haqiqatda ochmisiz yoki ichki tuyg‘ular boshqaruvida harakatlanyapsizmi? Keyingi navbatda o‘z-o‘zini rag‘batlantirishning boshqa usulini o‘ylab toping. Masalan, muvaffaqiyatli yakunlangan loyihadan so‘ng attraksionda uchishga boring.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Semirishga majbur qiluvchi miyadagi 6 ayyorlik