13:40 / 28.06.2019
4 907

Chivin chaqishining sababi nima va unga qarshi choralar bormi?

Chivin chaqishining sababi nima va unga qarshi choralar bormi?
Hamma gap nafas olish, teri isi va immun tizimining oʻziga xosligida. Chivinlar baʼzi odamlarni boshqalarga nisbatan koʻproq “sevishadi”.

Ular nafas olishingizni kuzatadi
Biz nafas olishda kislorodni yutib, karbonat angidrid gazini chiqaramiz. Chivinlar inson yoki hayvon tanasidan chiqadigan aynan shu gaz oqimi boʻylab oʻz oʻljasini qidirib topadi.
Inson tanasi qanchalik katta boʻlsa, u shunchalik koʻp karbonat angidrid gazi chiqaradi. Bolalarni kamroq chivin talashining sababi ham shunda.

Harakatlanayotgan vaqtingizda gaz oqimi buziladi. Yugurish vaqtida karbonat angidrid gazi odatdagidan koʻproq chiqariladi, biroq orqada qolib ketadi. Chivin sizga yetib olishi amrimahol. Muammoni havo aylanib turuvchi joyga yoki ventilyatorli xonaga oʻtish orqali yechish mumkin.

Teringiz isi va taʼmi ularni jalb qiladi
Insonlar terisi bir-biridan is va taʼmi borasida biroz farq qiladi. Chivinlarning baʼzi turlari inson genetikasining oʻziga xos xususiyatlariga taalluqli maʼlum turdagi hidlarni afzal koʻrishadi. Shu sababli ham har bir odam terisida boshqalardan farqli bakteriyalar saqlanadi: bu chivinlarning eʼtiborini tortadi.

Olimlarning tadqiqotlariga koʻra, biroz avval spirtli mahsulot isteʼmol qilgan kishilar chivinlar hujumiga koʻp duchor boʻlishi aniqlandi.
Insondan ajraluvchi ter tarkibidagi sut kislotasi ham chivinlarni oʻziga jalb qiladi. Noxush holat oldini olish uchun yoningizda nam salfetka olib yuring va zarur vaqtda terini namlantiring.

Chivin chaqishiga nisbatan reaksiya immun tizimi oʻziga xosliklariga bogʻliq
Chivin chaqishidan achishish hissi boshqalarga nisbatan kuchliroq boʻlishi sizni koʻproq chaqqan degani emas. Umuman olganda, sizning tanangiz kuchliroq taʼsirlanadi.

Qichishish immun tizimining reaksiyasidir. Aslida, har qanday odamda chivin chaqishidan allergiya bor. Kimdadir u kuchliroq namoyon boʻlsa, boshqada sezilarli emas. Hattoki, allergik reaksiyalarga qizgʻinlik vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi ham mumkin.
Agar kuchli qichishish bezovta qilayotgan boʻlsa allergiyaga qarshi biror dori vositasidan foydalaning. Katta ehtimol bilan, bu samara beradi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Chivin chaqishining sababi nima va unga qarshi choralar bormi?