Foto: «MAXRESDEFAULT»
AQSh va kanadalik olimlar guruhi rhGH rekombinant o‘sish gormoni odamlarda epigenetik qarishni qaytarishi mumkinligini isbotlashdi. Bu haqda «MedicalXress» press-relizida xabar berilgan.
Tadqiqot chog‘ida ko‘ngillilarga DHEA o‘sish gormoni hamda diabetning oldini oluvchi dori berilgan. U preparat qabulidan aks ta’sir sifatida rivojlanishi mumkin. Bir yildan so‘ng to‘qqiz ishtirokchidan yetti nafarida timusda to‘plangan yog‘ning kamayishi kuzatilgan — mazkur a’zoda T-limfotsitlar immun hujayralari yetiladi. Epigenetik markerlar tahlili natijasiga ko‘ra, ko‘ngillilarning hammasi biologik nuqtai nazardan ikki yilga yoshargan.
Ma’lumki, yoshi o‘tgan sari insonning timusida yog‘ to‘plana boshlaydi, shuningdek, o‘sish gormoni darajasi pasayadi, bu immun reaksiyalarni zaiflashtiradi. 1986 yil kalamushlar ustida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, rhGH in’eksiyasi, aftidan, qarish kalamushlar organizmida himoya tizimi faoliyatini yaxshilagan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, gormon timusga qandaydir ta’sir ko‘rsatgan.
Epigenetik qarishda DNK o‘zgaradi, ya’ni epigenetik omillar sanaluvchi hamda nuklein kislota zanjiri bilan bog‘liq metil guruhlar qayta taqsimlanadi. Metil guruhlar o‘z navbatida muayyan genlarni faollashtiradi yoki o‘chirib qo‘yadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?