Hayotimizni ichimlik suvisiz tasavvur qila olmaymiz. Ammo Keyptaundan Michigan shtatidagi Flintgacha va Sharqiy Afrikadan to janubi-sharqiy Osiyoga qadar bo‘lgan hududlarda global suv inqirozi mavjud. Odamlar kunlik iste’mol qiladigan suv miqdori va sifati tanqisligidan yillar mobaynida qiynalib kelishadi.
1990 yildan 2015 yilgacha rivojlanayotgan mamlakatlarda 2,6 milliard odamga toza ichimlik suvi yetkazib berishda hayratlanarli yutuqlarga erishildi. Bu ko‘rsatkich dunyo aholisining 76 %dan 91 %ga o‘sdi. Sanitariya va gigiyena bo‘yicha bilimlarni oshirish orqali toza suvning foydasini ko‘paytirish uchun hali ko‘p imkoniyatlar mavjud.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti har yili 22 mart Xalqaro suv kunida global suv inqiroziga qarshi kurashish muhimligiga amin bo‘ladi.
Dunyo bo‘yicha 844 milliondan ortiq insonlar toza suvdan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Ko‘plab aholi ichimlik suviga tez va oson erishish uchun, bolalari maktablarga qatnashi uchun, odatiy me’yoriy yashash tarzini ta’minlashga urinib yashamoqda. Minglab oilalar toza suv uchun har kuni yuzlab chaqirim masofalarni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Global ichimlik suvi tanqisligi haqida ma’lumotlar
844 million odamda ichimlik suvi ta’minoti mavjud emas, bu sayyoradagi har 10 kishidan 1 tadan ko‘proq kishiga to‘g‘ri keladi.
Ayollar va qizlar toza suv uchun har kuni taxminan 200 million soatlik masofani bosib o‘tadi.
Har kuni 5 yoshgacha bo‘lgan 800 dan ortiq bola, suv va sanitariya sharoitlari yomonligidan kelib chiqadigan diareyadan vafot etadi.
2050 yilga kelib, har to‘rt kishidan kamida bittasi chuchuk suv tanqisligi surunkali takrorlanib turadigan mamlakatda yashaydi.
2,3 milliard kishi asosiy sanitariya sharoitlaridan foydalanmasdan yashaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsadlaridan biri 2030 yilga kelib ichimlik suv va sanitariya sharoitlari bilan ta’minlanganlik darajasini to‘liq yakunlash.
Barcha tabiiy ofatlarning 90 %i suv bilan bog‘liq. To‘liqroq statistik ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun ushbu saytga kiring.
2020 yilga kelib ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida dunyoning turli mintaqalarida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ichimlik suvini asrashga va undan kelajak avlodni ham hozirgidek bahramand qilishga har bir inson javobgardir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Medvedev yadroviy qurol texnologiyasini “AQSH dushmanlariga” berishni taklif qildi
Qozog‘iston prezidenti mahalliylashtirilgan sportchilar sonini kamaytirishga topshiriq berdi
Komil Allamjonovga suiqasdda gumonlanib 5 kishi qamoqqa olindi