Foto: «Domashniy Ochag»
Yuzga husnbuzar toshishi hech qachon kayfiyatni ko‘tarmaydi va ayol-qizlar undan tezroq qutulishni istaydi. Ammo yuzga toshgan toshmalarni bilar-bilmas tozalashga harakat qilish infeksiyani nafaqat yuz, balki tananing boshqa qismlariga ham tarqalishiga sababchi bo‘ladi.
Nima uchun husnbuzarlarga tegish kerak emas?
- Husnbuzarni siqqandan keyin yallig‘lanish ko‘payadi. Hajmi kattalashadi va qizarib qoladi.
- Yiringni tashqariga chiqarishda teri jarohatlanadi va o‘rni chandiq yoki yara bo‘lib qolishi mumkin.
- Agar terida pigmentatsiyaga moyillik bo‘lsa, husnbuzarni siqqandan keyin qora dog‘ paydo bo‘lishi mumkin.
- Siqilganida terining ichida qolgan yiring qoldiqlari kuchliroq yallig‘lanishga olib kelishi mumkin.
- Teri ostida joylashgan ko‘plab kapillyarlar zararlanganidan keyin husnbuzardagi moddani atrofga tarqatib yuborishi bu esa yangi husnbuzarlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Nima qilish kerak?
Ba’zi husnbuzarlarni olib tashlash mumkin faqat buni mustaqil emas, kosmetolog yordamida amalga oshirish kerak. Mutaxassis tozalash muolajasi davomida yallig‘lanish bo‘lmagan komedonlarni olib tashlaydi. Komedonlar «qora husnbuzarlar» deb ham ataladi. Uy sharoitida ularni maxsus olish uchun mo‘ljallangan yopishqoq vosita bilan tozalash mumkin.
Mexanik yo‘l bilan tozalashdan avval qo‘llarni dezinfeksiya qilishni unutmaslik kerak. Nomiga zararlangan teri qismida husnbuzar bo‘ladigan bo‘lsa, u qanday turda bo‘lishidan qat’i nazar, tegmaslik kerak. Burun qanotlari va burunga yaqin teri ostida miyaga qon yetkazib beradigan qon tomirlar o‘tgan bo‘ladi. Mazkur qon-tomirga infeksiya tushishi oqibati esa salbiy, xususan, yiringli meningit bilan ham tugashi mumkin.
Terida yallig‘langan husnbuzar paydo bo‘lsa, moychechak, kalendula, aloy yoki farmatsevtlar tomonidan tavsiya qilingan vositalar bilan tozalash va quritish hamda o‘zi yo‘qolishiga qo‘yib berish kerak.
Husnbuzar toshgan vaqtda terini qanday parvarish qilish kerak?
Yallig‘langan vaqtda skrablardan foydalanib bo‘lmaydi. Chunki teri jarohatlanib, infeksiya butun tanaga tarqashi mumkin. Tez-tez yallig‘lanish kuzatiladigan teri uchun quritadigan, kislotali kremlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Kundalik yuzni tozalash uchun esa tarkibida bakteriyalarga qarshi modda bo‘lgan gel va boshqa vositalar tavsiya qilinadi. Bunday vaqtda makiyajni asosiga yog‘ qo‘shilgan tozalovchi vositalardan foydalanmaslik kerak. Poralarni tozalaydigan tonik ishlatsa ham bo‘ladi.
Terini muntazam ravishda namlantirib turish va ko‘p miqdorda suv ichish kerak. Suvsizlangan teri o‘z himoyasi uchun ko‘proq sebum ishlab chiqaradi va husnbuzarlar ko‘payishi kuzatiladi. Qo‘shimcha ravishda parvarish uchun haftada 3 marta tarkibida kosmetik gil (glina) bo‘lgan niqoblardan foydalanish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi