11:03 / 22.03.2021
2 581

Jigar salomatligi uchun foydali bo‘lgan 5 ta mahsulot

Jigar salomatligi uchun foydali bo‘lgan 5 ta mahsulot
Foto: Pinterest
Inson iste’mol qilayotgan mahsulotlar har bir organizmga alohida ta’sir ko‘rsatadi. Ular orasidan jigar uchun foydali bo‘lgan 5 mahsulot bilan tanishing.

Yorqin rangli sabzavotlar
Tabiiy antioksidant karationidlar sabzavotlarga yorqin rang beradi. Sabzavotning rangi qanchalar tiniq bo‘lsa, undagi ozuqaviy moddalarning miqdori shuncha yuqori bo‘ladi. Antioksidantlar jigar hujayralarini erkin radikallar zararlashidan himoya qiladi va yallig‘lanishning oldini oladi. Qarish jarayonini sekinlashtiradi. Shuning uchun ratsionga iloji boricha ko‘proq qizli va to‘q sariq sabzavotlar, sabzi, qovoq va bulg‘or qalampirini qo‘shish tavsiya etiladi.

Gulkaram
Gulkaram nafaqat jigar salomatligi, balki butun vujud uchun ham zarur bo‘lgan vitamin va minerallar omboridir. Gulkaramni muntazam ravishda iste’mol qilish jigarni rag‘batlantiradi, safroni faol sintez qiladi hamda organizmdan toksinlarni chiqarib tashlaydi. Bundan tashqari, gulkaram parhez mahsulot bo‘lib, uni vazn tashlamoqchi bo‘lganlar ham qo‘rqmay iste’mol qilishi mumkin.

Avokado
Avokado ham jigar uchun juda foydali bo‘lib, u antioksidant birikmalar, vitamin va sog‘lom yog‘larga boy. Uning tarkibidagi antioksidant glutation jigar hujayralarini kuchaytirish, tiklash va faoliyatini rag‘batlantirishga yordam beradi.

Jo‘xori uni
Jo‘xori unida kletchatka va beta-glyukanlar ko‘p bo‘lib, bu asosan jigar hujayralarini shikastlanishdan himoya qiladi, surunkali kasalliklarning rivojlanish ehtimolini kamaytiradi. Jo‘xori uni oshqozon-ichak salomatligi, miya faoliyati va vaznni nazorat qilishda foydalidir. U uglevodlarga boy bo‘lib, ochlikni his qilishga to‘sqinlik qiladi va ortiqcha ovqatlanishdan saqlaydi.

Quritilgan mevalar
Jigarning me’yorida ishlashi uchun unga hamisha glyukoza, vitamin va minerallar kerak. Bularning barchasini esa quritilgan mevalardan olish mumkin. Sababi ular shakar qo‘shilmagan, vitamin va kletchatkaga boy bo‘lgan mutlaqo tabiiy mahsulotdir. Jigar uchun eng foydalilari quritilgan o‘rik, olxo‘ri va anjir hisoblanadi. Faqatgina ularni yuqori kaloriyaga boy mahsulot ekanligini unutmaslik lozim. Shuning uchun quritilgan mevalarni cheklangan miqdorda iste’mol qilish hamda kunlik kaloriya miqdorini oshirib yubormaslik zarur.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jigar salomatligi uchun foydali bo‘lgan 5 ta mahsulot