Chilida o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida finalga chiqqan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Yarimfinalda kutilmagan natijalar qayd etildi — Marokash Fransiyani penaltılar seriyasida mag‘lub etdi, Argentina esa Lotin Amerikasi derbisida Kolumbiya ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Marokash va Fransiya o‘rtasidagi bellashuv juda shiddatli o‘tdi. Asosiy vaqtda hisob 1:1 bilan yakunlandi — afrikaliklar hisobiга fransuz futbolchisi Olmeta avtogol urdi, fransuzlar safidan esa Mishel hisobni tenglashtirdi. Penaltılar seriyasida Marokash futbolchilari xato qilmadi va 5:4 hisobida g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi.
JCh U-20. Yarimfinal
Marokash — Fransiya 1:1
Penaltılar seriyasi — 5:4.
Gollar: Olmeta (32, avtogol) — Mishel (59).
Shu bilan birga, Argentina va Kolumbiya bahsida ham raqobat keskin bo‘ldi. O‘yin taqdiri Silvetti urgаn yagona gol bilan hal bo‘ldi — natija 1:0. Bu g‘alaba Argentinani finalga olib chiqdi va jamoa navbatdagi kubok uchun imkoniyatga ega bo‘ldi.
JCh U-20. Yarimfinal
Argentina — Kolumbiya 1:0
Gol: Silvetti (72).
Shu tariqa, 20 oktyabr kuni jahon futboli yosh avlodining eng kutilgan bahsi — Marokash va Argentina o‘rtasidagi final o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Yo‘lda qolgan Fransiya va Kolumbiya jamoalari esa bronza medallari uchun kurash olib borishadi. Bu musobaqa yoshlar futbolida yangi tarix yaratgan chempionat sifatida yodda qolishi aniq.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!