date

"Siti" Rodrini sotishga tayyor: "Oltin to‘p" sohibi uchun yozda muzokaralar boshlanadi

"Siti" Rodrini sotishga tayyor: "Oltin to‘p" sohibi uchun yozda muzokaralar boshlanadi

"Manchester Siti" rahbariyati jamoa yetakchilaridan biri, "Oltin to‘p" sohibi Rodri Ernandesning kelajagiga oid muhim qaror qabul qildi. Klub manbalarining ma’lum qilishicha, agar futbolchi joriy mavsum oxirigacha yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lmasa, uni kelasi yozda sotish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Defensa Central nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rodrining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Biroq “shaharliklar” rahbariyati futbolchining keyingi mavsumlardagi jismoniy holati va jarohatlarga moyilligi tufayli ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qilmoqda.

Manba yozishicha, “Manchester Siti” yozda Rodri uchun kamida 65 million yevrodan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu holat “Real Madrid” uchun yangi imkoniyat yaratishi mumkin, chunki madridliklar yarim himoyachi bilan qiziqishlarini yashirmayotgan edi.

Shu bilan birga, “Siti” hozircha Rodrini jamoada saqlab qolish uchun muzokaralarni boshlab yuborgan. Ammo klub rahbariyati so‘nggi oylarda futbolchining o‘yin darajasi oldingi holatidan biroz pasayganini tan olmoqda.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Rodrining joriy bozor qiymati 110 million yevroni tashkil etadi. Ammo ekspertlar fikricha, keyingi yangilanishda bu summa pasayishi ehtimoldan xoli emas.

Shunday qilib, “Siti” uchun Rodri bilan bog‘liq vaziyat yangi bosqichga kirdi. Yozda uning taqdiri Yevropa grandlari o‘rtasidagi navbatdagi transfer muzokaralarida asosiy mavzulardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Siti" Rodrini sotishga tayyor: "Oltin to‘p" sohibi uchun yozda muzokaralar boshlanadi