Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) jahon futbolida so‘nggi yarim yil ichida eng ko‘p hujumkor vaziyat yaratgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu reyting har bir o‘yindagi samaradorlik, dribling, aniq paslar va raqib darvozasiga xavfli yurishlar asosida hisoblangan.
Birinchi o‘rinni “Barselona”ning yosh yulduzi Lamin Yamal egalladi. Uning ko‘rsatkichi — 100 ball. Yigit yoshiga qaramasdan, u jamoa hujumining markaziy figurasiga aylangan.
Ikkinchi o‘rinda “Real Madrid” yarimhimoyachisi Arda Guler joy oldi (98,1 ball). Uning texnik mahorat va o‘yinni his qilish qobiliyati ko‘plab ekspertlar tomonidan alohida ta’kidlanmoqda. Uchinchi o‘rin “Barselona” vingeri Rafinya Diasga nasib etdi (95,3 ball).
Top-15lik quyidagicha shakllandi:
Lamin Yamal (“Barselona”) — 100
Arda Guler (“Real”) — 98,1
Rafinya Dias (“Barselona”) — 95,3
Muhammad Saloҳ (“Liverpul”) — 95,2
Federiko Dimarko (“Inter”) — 93,3
Kevin de Bryuyne (“Napoli”) — 93,3
Ismaila Sarr (“Kristal Pelas”) — 92,8
Dan Biton (“Hapoel” Beer-Sheva) — 92,4
Yunus Akgün (“Galatasaroy”) — 91,6
Jerdan Shakiri (“Bazel”) — 91,5
Fransisku Trinkaу (“Sporting”) — 91,4
Pedro Porro (“Tottenhem”) — 91,1
Xristos Tsolis (“Bryugge”) — 90,8
Koul Palmer (“Chelsi”) — 90,7
Dani Olmo (“Barselona”) — 90,3
Tahlilchilar ta’kidlashicha, bu reyting yosh futbolchilarning jahon sahnasida tobora muhim rol o‘ynayotganini ko‘rsatadi. Xususan, Yamal va Guler kabi yosh yulduzlar katta klublardagi yetakchilikni qo‘lga olib, o‘z avlodining yangi sardorlari sifatida tanilmoqda.
“Barselona”ning birdaniga uch futbolchisi ro‘yxatga kirgani kataloniyaliklar hujumkor uslubining samaradorligini yana bir bor isbotladi. Ekspertlar fikricha, bu klubda yosh iste’dodlarni to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlantirish tizimi mukammal ishlamoqda.
Shunday qilib, Yamalning yetakchiligi va Gulerning tez o‘sishi 2025 yil futbolida yangi avlod hujumchilarining davri boshlanganini anglatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!