09:24 / 14.04.2021
2 420

Har kuni shirinlik iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish ro‘y beradi?

Har kuni shirinlik iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
Shirinliklar sog‘liq uchun zararli ekanligini har birimiz bolalikdan bilamiz. Shakarni ortiqcha iste’mol qilish nafaqat jismoniy, balki bir qancha psixologik kasalliklarga ham olib kelishi mumkin.

Ammo biz bularning barchasini faqat nazariy jihatdan bilamiz. Hech qanday cheklovlarsiz shirinlik iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi haqida eshitganmisiz?

Semirib ketish xavfi

Foto: Getty Images
Shirinliklar tarkibida juda ko‘p kaloriya mavjud. Aslida, tavsiya qilingan o‘rtacha me’yor 2000 kilokaloriya, masalan, chizkeykdagi bu miqdor kunlik qiymatning 41 foizini tashkil qiladi. Kuniga yana bir necha marta ovqatlanishni hisobga olsak, albatta, bu me’yordan ko‘proq kaloriya iste’mol qilasiz. Bu esa vaqt o‘tishi bilan vazn ortishiga olib keladi.

Tish bilan bog‘liq muammolar

Foto: Getty Images
Aslida, shakar ko‘pchilik o‘ylaganidek kariyesga sabab bo‘lmaydi. Lekin shakarning tish yuzasi bilan o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lgan kislota ushbu muammoni yuzaga keltiradi. Agar iste’mol qilayotgan mahsulotlarga e’tiborli bo‘lmasangiz, tish kasalliklari uzoq kuttirmay, namoyon bo‘ladi.

Muammoli teri

Foto: Getty Images
Olimlar tomonidan sut, yuqori glyukemik ovqatlar va teri muammolari o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sut va shirinliklar iste’moli teridagi toshmalarga sabab bo‘ladi.

Shakarga qaramlik hissi

Foto: Getty Images
Ko‘p miqdorda shakar iste’mol qilish natijasida miya o‘zida kayfiyatni ko‘taruvchi kimyoviy modda — dofamin ajratadi. Olimlar shakar qaramlik hissini yuzaga keltirishi mumkinligi to‘g‘risida bir qarorga kelishmagan bo‘lsa-da, kalamushlar ustida o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ularda qaramlikning 3 alomati: ortiqcha ovqatlanish, semirish va alkogolga ishtiyoq paydo bo‘lgan.

Depressiya va xavotir

Foto: Getty Images
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, shakar tanadagi yallig‘lanishni kuchaytiradi. Bu esa o‘z navbatida stress, xavotir va hatto depressiya kuchayishiga olib keladi.

Yurak va jigar kasalliklari

Foto: Getty Images
Shakar ichki organlarga ham ta’sir qiladi. Shirinlikni ko‘p iste’mol qilish jigar muammosi va hatto yurak kasalliklariga olib kelishi mumkin. Buni ko‘plab tadqiqotlar tasdiqlaydi. Shu sababli salomatligingiz uchun ham shakar iste’molini kamaytirish lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har kuni shirinlik iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish ro‘y beradi?