4 173
Ekspertlar ortiqcha ishlash inson sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi
Foto: Pixabay
Ish va shaxsiy hayot, jumladan, dam olish o‘rtasida muvozanat bo‘lishi kerak. Avstraliyalik olimlarning aniqlashicha, ishdan tashqari vaqtida ish bilan shug‘ullanish insultga olib kelishi mumkin, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Mehnat smenasi tugaganidan so‘ng, bir nechta xatlarga oddiy javob yozish ham insonning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ishdan tashqari vaqtda professional majburiyatlarni bajarish quyidagi kasalliklarni yuzaga keltiradi:
- ish stressi;
- ish va hayot o‘rtasida muvozanatning buzilishi;
- uyqu va sog‘liqning buzilishi.
Bundan tashqari, bu kabi holatlarda turli infeksiyalarning rivojlanishi, qon bosimining ortishi xavfi oshadi va depressiya yuzaga keladi.
JSST va Xalqaro mehnat tashkiloti uzoq vaqt ishlash yurak kasalliklari va insult xavfini oshirishga xizmat qilishini isbotlagan.
«40 ta universitetning ishdan tashqari vaqtda internet orqali hamkasblari bilan aloqada bo‘lgan 2200 nafar xodimida yuqori stress darajasi aniqlangan. Xususan, respondentlarning foizini rahbarlari bo‘lib, ular ish bilan bog‘liq matnlar, qo‘ng‘iroqlar va elektron pochtalarga ishdan keyin javob berishlarini kutishgan. 55 foizi esa kechalari hamkasblariga xabar jo‘natgan. 30 foizi dam olish kunlari hamkasblariga yozib, shu kunning o‘zida javob kutgan», — deya qo‘shimcha qiladi olimlar.
Shu orqali odamlarda ruhiy buzilish va hissiy charchoq yuzaga kelgan. Bundan tashqari, ular bosh va yelkasidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...