Foto: «Domashniy ochag»
Britaniyalik xonanda Adel ajrashganidan keyin 40 kilodan ko‘proq vazn tashlashga muvaffaq bo‘lgan. Qanday qilib mazkur natijaga erishganini yashirib o‘tirmagan qo‘shiqchi bunda unga sirtfud-parhez yordam berganini ta’kidlagan. Bir vaqtlar Gvinet Peltrou va shahzoda Garri ham aynan mazkur parhez orqali ozgan edi.
Bu qanday parhez?
Bu parhez haqida ilk bor britaniyalik Eydan Goggins va Golin Mattenning «The SirtFood Diet» kitobida ma’lumot berilgan. Olimlar ularning ovqatlanishga oid rejalari asosida hafta davomida 3 kilogacha vazn tashlash mumkinligini ma’lum qilgan. Parhezning mohiyati organizmdagi sirtuinlarni faollashtiradigan muayyan mahsulotlarni iste’mol qilishdan iborat. Sirtuin bu — hujayralarni yallig‘lanish jarayonlaridan himoya qiladigan oqsil hisoblanadi. Qolaversa, sirtuin metabolizmni jadallashtirib, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Gogginsning aytishicha, bunday vaqtda mushaklar massasi kamaymaydi, faqatgina yog‘ eriydi.
Nima yeyish mumkin?
Ro‘yxatni qizil vino va shokoladdan boshlaymiz. Sirtuinlar bizga odatiy bo‘lgan go‘sht va tuxumdagi oddiy oqsil emas. Ularning ishga tushishi uchun polifenolli, ya’ni antioksidantlarga boy mahsulotlar kerak bo‘ladi.
Bu ro‘yxatdan quyidagi mahsulotlar o‘rin oladi:
- ko‘k choy;
- tarkibida kakao 85 foizdan kam bo‘lmagan shokolad;
- olmalar;
- sitruslar;
- petrushka;
- chernika;
- grechka;
- yong‘oq;
- tunes;
- tofu;
- zarchava;
- keyl karami;
- qizil piyoz;
- qizil vino.
Parhezning asosiy bosqichlari
Bir qarashda hammasi oddiydek: grechka yeyishning o‘zi kifoyadek tuyiladi. Ammo hammasi boshqacharoq. Sirtfud-parhez ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Dastlabki uch kun davomida uch xil yashil sharbat yordamida sutkalik kaloriya me’yorini 1000 kaloriyaga tushirish kerak. Keyingi to‘rt kun davomida esa kaloriyani 1500 kaloriyaga ko‘paytirish kerak, sharbat ichish esa kuniga ikki stakangacha qisqartiriladi. Tez deb ataluvchi ushbu bosqich yordamida hafta davomida 3 kilogacha vazn tashlanadi.
Ikkinchi bosqich birinchisidan yoqimliroq bo‘ladi. Unga ko‘ra, ro‘yxatdagi istalgan mahsulotni yeyish, hatto qizil vino ichish mumkin (tabiiyki, me’yorga amal qilish kerak). Vaqt cheklovi bo‘lmagan ushbu bosqich xohishga qarab istalgancha davom etishi, hatto turmush tarziga ham aylanishi mumkin.
Parhezning afzallik va kamchiliklari
Ushbu metodikani ishlab chiqqan mutaxassislar sirtfud-parhez ozishga emas, organizmni umumiy sog‘lomlashtirishga qaratilganini ta’kidlaydi. Ularning aytishicha, ozish —a’zolarning to‘g‘ri ishlashi va metabolizmning jadallashishiga nisbatan organizmning tabiiy reaksiyasi hisoblanadi.
Parhezning qanchalik samarali ekaniga shubha qilishga hojat yo‘q. Adel bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Parhez 2016 yilga kelibgina tilga tushgan, bu esa aniq kamchiliklarini aniqlash uchun kam muddat hisoblanadi. Shunga qaramay, mazkur parhez turi Buyuk Britaniyadagi Milliy sog‘liqni saqlash xizmati mutaxassislarining tavsiyalari — EatWell Guide’dan o‘rin olmaganini inobatga olgan yaxshi. Ayni vaqtda uning ustida tadqiqot va eksperimentlar olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi