Foto: «Domashniy ochag»
Siz-u bizga begona bo‘lmagan qaysi odatlar salbiy oqibat, xususan, qandli diabetga olib kelishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Nima uchun qondagi shakar miqdorini nazorat qilish kerak?
Qondagi qand miqdorining yuqori ekani surunkali kasalliklar va ko‘rish qobiliyatining susayishi, tez holdan toyish, peshob tuta olmaslik singari salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Shakar miqdorining keskin ko‘tarilib ketishi, oshqozonosti bezi va buyraklarning anomal reaksiyasiga olib keladigan giperglikemiyani keltirib chiqaradi. Ochlik hissi ortishi bu esa vazn ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Glyukozaning ko‘pligi sabab insulin ajralishi jadallashadi, bu esa qandli diabetga olib keladi. Organizmda katta miqdorda yog‘ to‘planadi.
Nonushtadan voz kechish
Vazni ortiqcha bo‘lganlar, ayniqsa nonushta qilishni unutmasliklari, aks holda tushlikdan keyin qondagi qand miqdori yanada ortadi. The American Journal of Clinical Nutrition jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda nonushtadan doimiy ravishda voz kechish qandli diabet xavfini 21 foizga orttirishi ma’lum qilingan. Oqsil va to‘yinmagan yog‘larga boy nonushta kun davomida qand miqdorini me’yorlashtirib turadi.
Tarkibida sun’iy shirin ta’m beruvchi qo‘shimchalar bo‘lgan mahsulotlar
Isroilda o‘tkazilgan tadqiqotlarda sun’iy shakar qondagi qand miqdorini oshirishi aniqlangan. Bundan tashqari, glyukoza miqdori, hatto oddiy shakarni o‘z ichiga oladigan ichimlik yoki mahsulotlar iste’mol qilgandan ham ko‘ra ko‘proq oshishi ma’lum bo‘lgan.
Qahva ichish
Tadqiqotda, qahvani doimiy ravishda ichish ikkinchi darajali qandli diabetning kelib chiqish xavfini kamaytirishi aniqlangan. Ammo kofein qondagi shakar miqdorini oshiruvchi mahsulotlar sirasiga kirgani sabab ham qandli diabeti bor kishilar qahva ichishdan tiyilgani yaxshi. Shu bilan birga, glyukoza miqdorini shakar va sutsiz oddiy qahva ham oshirishi mumkinligini ta’kidlash joiz.
Tez-tez kasal bo‘lish
Kasal bo‘lish odat emasligiga qaramay, yodda tutish kerak: O‘RVI, gripp yoki oddiy siydik yo‘llari infeksiyasi qondagi qand miqdori oshganidan darak berishi mumkin. Gap shundaki, kasallik insulin oshishiga sabab bo‘ladigan gormonlarning ajralishini jadallashtiradigan stress bo‘ladi. Oqibatda qondagi qand miqdorining oshishi kuzatiladi. Shu sabab ham qondagi qand miqdori bilan muammo bo‘lgan kishilar maxsus parhezga amal qilishi, ko‘proq sabzavot iste’mol qilib, uglevodli mahsulotlar iste’molidan voz kechishi kerak.
Kam uxlash
Gollandiyalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda keragidan kam uxlangan har kechada tanadagi insulinga bo‘lgan sezuvchanlik 20 foizga oshishi aniqlangan. Uyqu yetishmasligi organizm uchun haqiqiy stress hisoblanadi. Stress esa aynan qandli diabetning jiddiy rivojlanishiga olib keladigan omil bo‘lishi mumkin.
Chekish
Chekish organizmdagi barcha tizimga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan eng yomon odatlardan biri hisoblanadi. 2011 yil Kaliforniyaning politexnika universitetida o‘tkazilgan tadqiqotda nikotin bilan qondagi qand miqdorining oshishi o‘rtasida aloqadorlik borligi aniqlangan. Bundan tashqari, chekish diabetning yurak xuruji yoki buyrak yetishmovchiligi singari o‘ziga xos asoratlarining rivojlanish xavfini oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi