08:30 / 19.10.2021
1 949

Behi mavsumi: «oltin olma»ning tarkibi va foydali xususiyatlari

Behi mavsumi: «oltin olma»ning tarkibi va foydali xususiyatlari
Foto: Harper’s Bazaar
Olma va nok umumlashmasini esga soladigan meva, asosan, O‘rta Osiyo, Eron, Kavkaz va Kavkazorti mamlakatlarida pishib yetiladi.

Behi qadimgi Yunonistonda yetishtirilgan bo‘lib, u sevgi va unumdorlik ramzi hisoblanishi bilan birga «oltin olma» nomini olgan. Behini yig‘ish mavsumi kuz faslining oxiriga to‘g‘ri keladi. Shu sabab ham hozir ushbu meva haqida ma’lumotga ega bo‘lishning ayni vaqti.

Tarkibi va foydali xususiyatlari
Foydali moddalarning koni hisoblangan behi A, V, S, Ye va RR guruhi vitaminlari, shuningdek, temir moddasi, kletchatka, kalsiy hamda antioksidantlarga boy. Uning tarkibidagi pektin hazm jarayonini me’yorlashtiradi. Temirning mo‘l ekani hisobiga anemiyaga qarshi yaxshi samara beradi. Qolaversa, behi antiseptik va qon to‘xtatuvchi xususiyatiga ega.

Kimlarga mumkin emas?
Oshqozon kasalliklari va yarasidan aziyat chekadigan bemorlarga behidan tiyilish tavsiya qilinadi. Kuchli burishtiruvchi xususiyatga ega ekani sabab spazm keltirib chiqarishi va ahvolning yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Behi mavsumi: «oltin olma»ning tarkibi va foydali xususiyatlari