Asalning hayratlanarli siri: nega u aynimaydi?

1 daqiqa o'qish145
Asalning hayratlanarli siri: nega u aynimaydi?

Asal insoniyatga qadim zamonlardan beri ma’lum bo‘lgan eng noyob tabiiy mahsulotlardan biridir. Uning eng qiziqarli xususiyatlaridan biri shundaki, asal to‘g‘ri sharoitda saqlansa, yillar, hatto ming yillar davomida ham aynimaydi. Xo‘sh, buning siri nimada?

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, asal tarkibida glyukoza oksidaza deb ataluvchi tabiiy ferment mavjud. Ushbu ferment asaldagi suv bilan aralashganda yoki namlik ta’sirida glyukozani parchalab, vodorod periksid (H₂O₂) hosil qiladi. Vodorod periksid bakteriyalar, zamburug‘lar va boshqa mikroorganizmlarning ko‘payishini cheklab, asalning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli asal tabiiy antiseptik mahsulot sifatida ham qadrlanadi.

Bundan tashqari, asal tarkibidagi namlik miqdori juda past bo‘ladi. Mikroorganizmlar esa ko‘payishi uchun nam muhitga muhtoj. Asalda suvning kamligi ularning yashashi va rivojlanishini deyarli imkonsiz qiladi.

Yana bir muhim omil — asalning kislotali muhiti. Asalning pH qiymati odatda 3,2–4,5 oralig‘ida bo‘ladi. Bu kislotali muhit hisoblanadi va ko‘pchilik bakteriyalar uchun noqulay bo‘lib, bu ham mahsulotning uzoq muddat buzilmasligiga yordam beradi.

Aynan mana shu tabiiy xususiyatlar tufayli asal dunyodagi eng uzoq saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Oqartirilmagan va to‘g‘ri saqlangan tabiiy asal uzoq yillar davomida o‘zining ta’mi, foydali xususiyatlari va sifatini saqlab qolishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?