Foto: Wday
Ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan jig‘ildon qaynashi bezovta qilganda shifokorga murojaat qilishdan tashqari, dorilarni o‘zboshimcha ortiqcha qabul qilib yubormaslik va xalq tabobatining samara beradigan usullari haqida ham ma’lumotga ega bo‘lish kerak.
Guruchning foydasi
Qorningiz burab og‘risa, dam bo‘lsa va jig‘ildon qaynashi kuzatilsa, qaynatilgan guruch iste’mol qilib ko‘ring. Har ikki soatda bir stakan qaynatmaning uchdan bir qismini ichish kerak. Shuningdek, qorag‘atdan tayyorlangan choy, moychechak qo‘shib tayyorlangan qizilpoycha damlamasi ham tinchlantiruvchi xususiyatga ega.
Ovqatdan zaharlanishda — margansovka
Sifatsiz ovqatdan zaharlanganda margansovka yordam beradi. Marganets-nordon kaliyli aralashma oshqozonga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Uni tayyorlash uchun bir litr suvga bir necha tomchi margansovka qo‘shish kifoya. Aralashma och pushti rangda bo‘lishi kerak. Uni ertalab va kechqurun bir stakandan (bolalar yarim stakan) ichish kerak. Bunday eritmadan huqna (klizma) qilishda ham foydalansa bo‘ladi. Qolaversa, uyingizda hamisha antiseptik va boshqa foydali xususiyatga ega bo‘lgan turli giyohlar bo‘lsin. Qizilpoycha, moychechak, na’matak shular jumlasidan.
Jig‘ildon qaynaganda nima qilish kerak?
Jig‘ildon qaynashi bezovta qilganda achchiq va nordon taomlar, xantal, qalampir, yog‘li va qovurilgan mahsulotlardan tiyiling. Moychechak va mavrakdan bir choy qoshiqdan solib, ustiga qaynoq suv qo‘shing. Taxminan 1—3 oy davomida, kuniga 7—8 marta har ikki soatda bir qoshiqdan ichib yuring. Shuningdek, sabzi sharbati ham yaxshi samara beradi. Oshqozon suyuqligi qancha ko‘p ajralsa, sabzi sharbatidan shuncha ko‘p ichish kerak. Xalq tabobatiga oid davolash usuli hisoblangan bir stakan suvga qo‘shilgan bir choy qoshiq soda darhaqiqat samara berishi mumkin, ammo uning jigarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ham esdan chiqarmaslik kerak.
Igna bilan davolash
Britaniyalik olimlar jig‘ildon qaynashini davolashda igna bilan davolash yaxshi samara berishini aniqlagan. Ushbu tajribada jig‘ildon qaynashi, ayniqsa ko‘p kuzatilgani sabab ham homilador ayollar qatnashgan. Gap shundaki, homiladorlik vaqtidagi gormonal o‘zgarishlar oshqozonda diskomfort, ko‘ngil aynishi, qorinda shish va jig‘ildon qaynashiga sabab bo‘ladi. Ushbu simptomlar 45 foizdan 80 foizgacha bo‘lgan ayollarda kuzatilib, muddat yaqinlashgani sayin oshqozon-ichak tizimida diskomfort ko‘payaveradi.
Tadqiqot davomida oshqozon-ichak kasalliklari belgilari bo‘lgan homilador ayollar tasodifiy ravishda ikki guruhga bo‘lingan. Birinchi guruhdagilarga oddiy tibbiy muolajalar buyurilgan. Ikkinchi guruhdagilar esa standart muolajalar bilan birga haftada bir-ikki marta igna (akupunktura) bilan ham davolangan. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, ikkinchi guruhdagi ayollarda oshqozon buzilishi bilan bog‘liq simptomlar birinchi guruhdagilarga nisbatan kamroq kuzatilgani ma’lum bo‘lgan. Akupunktura muolajasi bilan davolangan ishtirokchilar shifokorga qo‘shimcha yordam uchun deyarli murojaat qilmagan va jig‘ildon qiynashidan shikoyat qilmay qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi