date

Shavkat Mirziyoyev Xitoy biznes yetakchilari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy biznes yetakchilari bilan uchrashdi

2-sentyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy tashrif doirasida ushbu mamlakatning nufuzli kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy muloqot ishbilarmonlik dasturining asosiy nuqtasi bo‘ldi.

Uchrashuvda China Gold, China Coal Resources, China Datang Corporation, Tianjin Rail Transit Group, Poly Changda, Tianjin Urban Construction, Jinchuan Group, China Synfuels, ST Wonderful, Mizuda, World Agriculture, Dongzhu Ecology va yana qator yirik korporatsiyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy biznesining O‘zbekiston bozoriga bo‘lgan qiziqishi yildan yilga ortib borayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zida mamlakatimizga kirib kelgan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshib ketgan. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikning qanchalik yuqori sur’atlarda rivojlanayotganidan dalolatdir.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama etildi. Xususan, energetika va geologiya sohalari, qishloq va suv xo‘jaligi, kimyo sanoati, zargarlik ishlab chiqarishi kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, shahar jamoat transportini modernizatsiya qilish, infratuzilmani yangilash va turizm tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yirik qadamlar belgilandi.

Shu tariqa, Tyanszinda bo‘lib o‘tgan uchrashuv O‘zbekiston va Xitoy biznes hamkorligini yanada yuqori bosqichga olib chiqishi kutilyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev Xitoy biznes yetakchilari bilan uchrashdi