16:18 / 21.06.2022
1 058

Qarzdorliklar undirilmoqda

Qarzdorliklar undirilmoqda
Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituviga O‘zbekiston tumanlararo iqtisodiy sudining 16.09.2021 yil kungi qarzdor “STAFING SЕRVIS” MCHJ dan undiruvchi davlat foydasiga 273 mln. so‘m davlat boji undirish haqida ijro hujjati kelib tushgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga qarzdorlikni bartaraf etish uchun ixtiyoriy muddat berilgan va qarzdorning hisob raqamlariga band solingan hamda majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Stafing servis” MCHJ dan davlat foydasiga jami 278 mln. so‘m qarzdorlik undirilgan.

Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 13.10.2021 yil kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Anbar honebybee baraka invest" MCHJ dan undiruvchi ATB «Agrobank» Beshariq filiali foydasiga 578 mln. 308 ming so‘m kredit qarzi undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdordan 229 mln. so‘m kredit qarzlari undirilib, undiruvchi ATB «Agrobank» Beshariq filiali hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Hozirda qolgan kredit qarzini undirish bo‘yicha ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorliklar undirilmoqda