Maxfiy majlis – o‘z millatini mustabid zulmidan xalos qilish va mamlakatini boshqarish uchun tuzilgan, musulmonlar birlashmasi va tashkiloti. Mustabid zulmi, qullik, zulmdan xalos bo‘lgan musulmonlar hayot ne’matlariga ega bo‘lib, xo‘rlik va musibatdan, ayniqsa, mol-mulk va ayollarni umumiy qilish kabi hozirgi falokatdan qutuladi.
Majlis o‘z oldiga quyidagilarni maqsad qiladi: shariatning avvalgi mavqeini tiklash, ochiq qonunni e’lon qilish va barcha musulmon davlatlarida uni amaliyotga tatbiq etish, Qur’onga amal qilish.
Bu majlisning qonuni, aslida, Qur’on va hadislardir. Quyida ko‘rsatilgan majlisning birortasida Qur’on yoki hadisga zid ish bo‘lsa, har bir a’zoga majlisning bu qarorini bekor qilish huquqi beriladi.
Majlisning boshqa vazifalariga quyidagilar kiradi:
a) buyuk va mustaqil davlat barpo etish, uni mustahkamlash;
b) shariat qoidalariga asosan bu davlatni boshqarish, hammaga ilm va ma’rifat olish imkoniyatini yaratish;
v) texnika yutuqlari va mamlakat boyligi: o‘rmon xo‘jaligi va boshqalardan foydalanib davlatni madaniylashtirish.
g) xalqni xurofotdan qutqarish, davlatni zolimlar, dahriylar va ularning zulmidan muhofaza qilish, musulmonlarning madaniy hayotini ta’minlash.
Majlis a’zolari o‘z hamfikrlarini go‘yo ota-onasidek bilib, bir tanu bir jon bo‘lib harakat qiladi.
B. Maxfiy majlis nizomi va tuzilishi
1. Majliy o‘ta xufiyonadir.
2. Majlis nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tuziladi.
3. Majlis o‘z tartibiga ega.
4. Eng oqil va qobiliyatli inson majlis raisi etib tayinlanadi.
5. Barcha bo‘limlar vakillari ishtirokidagina majlis o‘z yig‘ilishlarini boshlaydi.
6. Rahbarlar tushungan, aqlli va hozirgi davr voqealaridan xabardor bo‘lishi kerak.
7. Majlis faqatgina bir sinf vakillari, masalan, ruhoniylar yoki boylardan iborat bo‘lmasligi kerak. Butun musulmon ahli vakillari bo‘lishi lozim (agarda ular yuqoridagi talabga javob bersa).
1. Shahar va qishloqlarda “ichki ishlar va saodat boshqarmasi” nomli boshqarmalardan iborat majlislar tuziladi, ular yuqoridagi boshqarmalarga bo‘ysunadi.
Bo‘ysunish tartibi quyidan yuqoriga qarab, ya’ni boshqarma bevosita hokim yoki sardorga bo‘ysunadi, ular esa gubernatorga.
Agarda bitta gubernatorga 5 ta hokim bo‘ysunib, ularning har biri 5–10 ta qishloq yoki shaharni boshqarsa, ularning har birida hokimga bo‘ysunuvchi alohida majlis bo‘lishi kerak.
2. Majlis raisi majlis tashkil etilgan shahar yoki qishloq rahbari bo‘lishi kerak. Uning kotibi bir vaqtning o‘zida majlis kotibi ham sanaladi.
3. Uezd yoki undan yirikroq har bir majlis o‘z tashabbusi bilan, kerakli holatlarda, har hafta yoki har oyda yig‘ilishlarni chaqiradi.
4. Majlis yig‘ilishlarida manmanlik yoki mutaassiblikka yo‘l qo‘yilmaydi. Dunyoviy va oxiratdagi hayot uchun foydali va yolg‘ondan xoli masalalar muhokama qilinadi.
V. Maxfiy majlis a’zoligiga qabul qilish shartlari
1) majlis a’zoligiga qabul qilinayotgan shaxs dindor, millatparvar, vatanparvar bo‘lishi va Vatan uchun bor-budini berishga tayyor shaxs bo‘lishi kerak;
2) u jangovar, halol va faol kurashchi bo‘lishi kerak;
3) so‘zi bilan amali bir bo‘lishi kerak;
4) din va vatan obro‘ini bilish kerak va kerak bo‘lsa o‘z joni va mulkini din va Vatan uchun qurbon qilishga so‘z berishi kerak;
5) majlis ko‘rsatmalarini buzmasligi kerak. Agarda buzsa, buning uchun jazo olishiga va’da berishi kerak;
6) majlis sirlarini saqlashga qodir bo‘lishi kerak;
7) a’zolikka qabul qilish uchun barcha a’zolar rozi bo‘lish kerak;
8) qabul qilinayotgan qo‘rqoq, subutsiz yoki yengiltabiat bo‘lmasligi kerak;
9) qabul qilinayotgan josus bo‘lib ishlamagan, o‘z lavozimini suiiste’mol qilishda ayblanmagan, va’dasini bajarmagan odam bo‘lmasligi kerak. Bizga zulm qilayotgan hukumatdan maosh olmayotgan bo‘lishi kerak;
10) shaxsiy manfaatlari musulmon xalqi manfaatlaridan ustun bo‘lmasligi kerak; majlis topshiriqlarini bajarishda a’zolikka qabul qilingan shaxsiy manfaatlaridan voz kechishi kerak;
11) majlisga qabul qilingan tashviqot va targ‘ibot ishlari orqali unga boshqalarni jalb etishi kerak. Bu uning fazilatiga aylanishi lozim;
12) hech kimga: na ota-onaga, na xotinga, na bolalarga, umuman, majlisga begona shaxslarga uning sirlarini aytish mumkin emas.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...