23:35 / 22.07.2022
1 309

Katta kupyuralar inflyatsiya o‘sishiga sabab bo‘ladimi?

Katta kupyuralar inflyatsiya o‘sishiga sabab bo‘ladimi?
Joriy yil 15 iyuldan 200 ming so‘mlik banknota muomalaga kiritildi. Aholi orasida ushbu holat inflyatsiyani oshirishi mumkinligi to‘g‘risida turli xavotirlar paydo bo‘ldi. Markaziy bankning Finlit loyihasi shu bo‘yicha izoh berdi.

Markaziy bank nega pullarni yangilaydi yoki katta banknotalar nima uchun kerak?
Markaziy bank mamlakat hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida pullarni muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega. U iqtisodiyotni kerakli mahsulot va xizmatlar hajmini ishlab chiqarishda yetarli mablag‘ bilan ta’minlaydi.

Pul kupyuralarining kattalashishi va muomalaga chiqarilishi bu pul miqdori ko‘payishini emas, balki uning tarkibiy qismi o‘zgarishini anglatadi.

Misol uchun, 100 ta 2 ming so‘mlik o‘rniga 1 ta 200 ming so‘mlik muomalada aylanadi. Bu esa iqtisodiyotning turli qatlamlari uchun turli xil afzalliklarga ega:

- aholi uchun katta xaridlarni amalga oshirishda qulaylik yaratadi;
- banklar uchun naqd pul muomalasi jarayonini osonlashtiradi;
- naqd pulni ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni kamaytiradi.

Odatda inflyatsiya darajasiga ta’sir etuvchi omillar bir nechta. Masalan, iqtisodiyotda pul massasi oshishidan tashqari, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining yuqori inflyatsion kutilmalari va ularga asoslanib chiqargan qarorlari inflyatsiyaga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Agar aholi katta pullarning muomalaga kiritilishi bilan narxlar oshadi deb o‘z xarid xarajatlarini keskin oshirsa, bozorda ortiqcha talab paydo bo‘ladi. Bu o‘z navbatida, yuqori talabga javob sifatida tadbirkorlar tomonidan narx-navoni oshirilishiga sabab bo‘ladi.

Aholining moliyaviy savodxonligi yuqori bo‘lmagan iqtisodiyotda iste’molchilarning shov-shuvli xavotirlari va yuqori inflyatsion kutilmalari natijasida narxlar ko‘tariladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Katta kupyuralar inflyatsiya o‘sishiga sabab bo‘ladimi?