Oila farzandlar tarbiyasida juda muhim ahamiyatga ega. Kichkintoylar kattalarga ergashib, ulardan ko‘rganini qilib ulg‘ayadi. Mana shu surat bugun ijtimoiy tarmoqlarda hammaning diqqatini tortdi. Aytish mumkin bo‘lsa, eng ko‘p e’tiroflarga sazovor bo‘ldi.
Aka ukaga o‘rnak bo‘lib, joynamoz ustida duo qilmoqda! O‘z o‘rnida akaga ham oila kattalarining namunasi saboqdir.
“Kenjatoyimni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda akasi namuna bo‘layotganini ko‘rib, dilim yayrab ketadi. Ona uchun farzandlarini inoq, yaqin do‘st bo‘lib ulg‘ayayotganini ko‘rishdan yoqimliroq narsa yo‘q”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Zamon shiddatkor, farzandlar tez ulg‘ayadi. Ular tarbiyasida har bir kichik ko‘ringan narsa ham ahamiyatli. Televizorda serial ko‘rib o‘rgangan oilalarga, bolasi xarxasha qilsa, telefon berib ovutadiganlarga mana shunday holatlar o‘rnak bo‘lmog‘i kerak.
Yaqin yillargacha oilada namoz o‘qilishi, ro‘za tutilishi sir saqlanar edi. Buning sabablari bor edi. (Bu haqda bu yerda aytmay qo‘ya qolay).
Farzand tarbiyasida bo‘shliq qoldirmaslik muhim ahamiyatga ega. Ozgina e’tiborsizlik va bo‘sh qolgan o‘rinlarni o‘zlari to‘ldirishga harakat qiladi. Bunda manbalar juda ko‘p. Buning yaxshi va yomonini ba’zan bola ongi bilan anglamaydi.
Bolajon, akangga qo‘shilib duo qil, duolaring ijobat bo‘lsin. Sening oq qog‘ozdek toza shuuring mana shunday ezgu duolar bilan to‘lsin.
Har bir bola sof islom fitratida dunyoga keladi. Uni shakllantirish tarbiyaga bog‘liq. Bugun ko‘nglimizni ravshan torttirgan ushbu suratga qarab shular haqida o‘yladim.
Manzura Shams
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin