date

Jizzaxda garovdagi mulkni yashirish jinoiy javobgarlikka olib kelishi eslatildi


Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan ma'lumot berildi. Unda qayd etilishicha, byuroga fuqarodan "Lacetti" avtomobilini bank foydasiga olib qo‘yish bo‘yicha ijro hujjati kelib tushgan.

Avtomobil kredit olish jarayonida garovga qo‘yilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdor o‘z majburiyatini bajarmaslikka uringan va transport vositasini yashirgan.

Shu sababli avtomobil qidiruvga berilgan, qarzdorga esa garovdagi mulkni taqdim etmaslik bo‘yicha ma'muriy javobgarlik chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, qarzdorga, agar u o‘z harakatlarini davom ettirsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 233-moddasi (Qarovga qo‘yilgan yoki musodara qilingan mulkka noqonuniy egalik qilish) bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkinligi tushuntirilgan.

Ushbu modda mulkni noqonuniy boshqarish, jumladan, o‘zlashtirish, isrof qilish, yashirish, yo‘q qilish yoki shikastlash uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi. Ko‘rilgan choralardan so‘ng qarzdor avtomobilni ixtiyoriy ravishda taqdim etgan.

Hozirda u jarima maydonchasida saqlanmoqda. Yaqin kunlarda avtomobil elektron onlayn-auksion orqali sotiladi va tushgan mablag‘ qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda garovdagi mulkni yashirish jinoiy javobgarlikka olib kelishi eslatildi