Pavlyuchenko Tottenhem - Manchester Yunayted o'yini haqida fikr bildirdi

Pavlyuchenko Tottenhem - Manchester Yunayted o'yini haqida fikr bildirdi

Pavlyuchenko Tottenhem - Manchester Yunayted o'yini haqida fikr bildirdi
Angliya Premer-ligasining 11-turida Londonning "Tottenhem" jamoasi o'z maydonida "Manchester Yunayted" bilan bellashadi. Ushbu o'yinga oid fikrlari bilan "shporlar"ning sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko o'rtoqlashdi.

"Men "Manchester Yunayted"ning g'alabasiga ishonaman. O'ylashimcha, hisob 1:0 atrofida bo'ladi.

Birgina gol o'yin taqdirini hal qiladi. Bu yerda "MYU" uch ochkoni qo'lga kiritadi, deb o'ylayman", - deydi sobiq futbolchi "Stavka TV"ga bergan intervyusida.

"Tottenhem" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi uchrashuv bugun, 8-noyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi. O'yin Moskva vaqti bilan 15:30 da boshlanadi.

Mazkur bahs oldidan mezbon jamoa Angliya chempionati jadvalida oltinchi, "qizil iblislar" esa sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar