
Samarqand shahrida kecha, 7-noyabr kuni kechqurun fojiali holat yuz berdi — yosh qizaloq quduqqa tushib ketdi, deb ma’lum qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 22:48 da shaharning “Abu Rayhon Beruniy” ko‘chasida joylashgan quduqqa bola tushib ketgani haqida tezkor murojaat kelib tushgan. Bu xabarni olgan zahotiyoq, FVVning qutqaruv otryadlari voqea joyiga yo‘l olgan.
Hodisa joyiga yetgan qutqaruvchilar maxsus jihozlar va xavfsizlik vositalari yordamida quduqqa tushib, qizaloqni ehtiyotkorlik bilan chiqarishgan. Qizaloq sog‘-salomat holda ota-onasi qo‘liga topshirilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini ehtiyotkorlikka chaqirdi. Xususan, bolalarni uy atrofidagi ochiq yoki ta’mirlanmagan quduqlardan, chuqur joylardan yiroqda ushlab turish tavsiya qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Baxmal tumanida ham shunga o‘xshash holat qayd etilgan — qutqaruvchilar hojatxona teshigiga tushib ketgan bolani hayotini asrab qolishgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!