Sobiq futbolchi Diuf aliment toʻlamagani uchun qamalishi mumkin

Sobiq futbolchi Diuf aliment toʻlamagani uchun qamalishi mumkin
“Liverpul”ning sobiq futbolchisi, senegallik El-Hadji Diuf oʻzining sobiq turmush oʻrtogʻiga aliment toʻlamagani sababli qamoqqa tushishi mumkin. 44 yoshli futbolchi ikki yil avval ajrashgan sobiq rafiqasi Valeriya Bishopga 17 yoshli qizlari Keyla uchun har oy 670 funt sterling miqdorida aliment toʻlash majburiyatiga ega edi.

Britaniyaning “The Sun” nashri xabariga koʻra, hozirda futbolchining umumiy qarzi 14 ming funt sterlingni tashkil qilmoqda. Valeriyaning soʻzlariga koʻra, Diuf bu qarzni toʻlamayotgani sababli qamoq jazosi xavfi ostida turibdi.

Sobiq futbolchi sud majlislariga qatnashishdan bosh tortmoqda, navbatdagi sud jarayoni joriy yilning 5 dekabriga belgilangan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar