16:55 / 11.06.2023
211

“O‘zgidromet” kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
“O‘zgidromet” 12 iyun, dushanba kuni uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dam olish kunlarida bir oz pasaygan harorat yana ko‘tariladi.
 
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 37-39 daraja bo‘ladi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo‘ladi.
 
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo‘ladi.
 
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
 
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zgidromet” kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
ePN