
Yurtimizda tadbirkorlik bilan shug‘illanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ayniqsa, mahalliy xom-ashyodan mahsulot ishlab chiqarish yoki qayta ishlashni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga birinchi navbatda kreditlar ajratiladi.
Tadbirkorlikda hamma vaqt ham o‘ylangan reja ish bermasligi mumkin, buni tadbirkorlarimiz ham yaxshi tushinishadi. Lekin, olingan kreditlarni qaytarishga to‘g‘ri keladi.
Byuro organlari ish yurituvidagi banklar foydasiga hal qilingan sud qarorlari ijrosini ta’minlash nazoratga olingan bo‘lib, bu borada muayyan ishlar qilinmoqda.
Misol uchun, Romitan tumanlararo iqtisodiy sudining 07.02.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdorlar “Beast Beans and Dreid Fruits” va “Agroprom Invest Olot” ma’suliyati cheklangan jamiyatlaridan solidar tartibda ATB “Turon bank” Buxoro viloyati filiali foydasiga 4 mlrd. 125 mln. so‘m kredit qarzi undirish va undiruvni Ipoteka shartnomasiga asosan garovga qo‘yilgan qarzdor “Beast Beans and Dreid Fruits” MCHJga tegishli bo‘lgan Vobkent tumani, Xalach MFY, Sheyxon ko‘chasida joylashgan 13.000 kv. metr yer maydonidan, umumiy foydalanish maydoni 3.685,3 kv. metr, qurilish osti maydoni 3.685,3 kv. metrdan iborat bo‘lgan “Meva mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash” binosiga qaratish haqidagi ijro hujjati Byuroning Vobkent tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Sud hujjatiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga ijro hujjati mazmun mohiyati tushuntirilib, qarzdorlikni bartaraf etish uchun ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, ijro hujjati talablari bajarilmagan.
Ijro hujjati talablarini bajarmaslik, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlarini o‘tkazishga asos bo‘ladi.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor MCHJga tegishli “Meva mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash” binosi tegishli tartibda xatlangan hamda qonunchilikka muvofiq qarzdorlikni bartaraf etish uchun qarzdorga yana 10 kunlik muddat berilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorlik bartaraf qilinmagandan, so‘ng mazkur bino baholanib, realizatsiya qilish maqsadida 4 mlrd. 250 mln. so‘m boshlang‘ich bahoda “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali kimoshdi savdolariga chiqarilgan.
Elektron onlayn savdolar joriy yilning 19 iyun kuniga belgilangan. Kelgusida, bino sotuvidan tushgan mablag‘lar hisobidan qarzdorlikni qoplash choralari ko‘riladi. Hozirda, ijro harakatlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar