
Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, noqonuniy narkotik vositalar aylanmasiga chek qo‘yildi. Ichki ishlar organlari tomonidan "Qora dori-2025" profilaktik tadbiri doirasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida 1974-yilda tug‘ilgan Guliston tumani fuqarosining xonadoni ko‘zdan kechirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fuqaro ilgari jinoiy javobgarlikka tortilmagan.
Tekshiruv davomida xonadondan 8 dona litr hajmli bankalar hamda 2 dona sellofan paketda saqlangan marixuana moddasi topildi. Jami 2,5 kg narkotik vosita aniqlanib, olib qo‘yildi.
Shuningdek, bir nechta bankalarda quritilayotgan nasha butalari ham topildi. Bu holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari narkotik vositalarning bunday yirik miqdorda saqlanish maqsadini aniqlashi lozim. Shunga ko‘ra, fuqaroning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.