21:49 / 21.10.2023
361

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
Sinoptiklar 23-25 oktyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktyabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 24 oktyabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 25 oktyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +13...+18 daraja; 24 oktyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 25 oktyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23 oktyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +13...+18 daraja; 24 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 25 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +19...+24 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi 23 oktyabrda +15...+20 daraja; 24 oktyabrda +9...+14 daraja, 25 oktyabrda +22...+27 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 oktyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +13...+18 daraja; 24 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 25 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 oktyabrda kechasi va kunduzi +5...+10 daraja; 24 oktyabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja; 25 oktyabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat