Chustiy qalamiga mansub «Menga olam tinch bo‘lib, do‘stlar salomat bo‘lsa bas» degan ajoyib she’r ajoyib qo‘shiqqa aylangan. Azal-azaldan odamlar o‘zaro do‘stlikni qadrlab keladi. Xalqimizda «Arpa-bug‘doy bir kuningga yaraydi, sodiq do‘sting o‘lguningcha yaraydi» degan maqol bor. Gap shundaki, 30 iyul Xalqaro do‘stlar kuni (International Friends Day) ekan. Bu sanada nishonlanadigan «Xalqaro Do‘stlik kuni» bilan 9 iyunda nishonlanadigan «Xalqaro do‘stlar kuni»ni adashtirib yubormaslik kerak.
To‘g‘ri, hozirda Xalqaro do‘stlar kunini birov bilib, birov bilmaydi. Buning ustiga u norasmiy nishonlanadi. Ammo g‘oyaning o‘zini tahsinga loyiq deyish mumkin. Chunki, ota-bobolarimiz bilib aytganidek, «Daraxt – ildizi bilan, odam – do‘stlari bilan» (yoki «Daraxtni tomiri saqlar, odamni – do‘sti»). Haqiqatan ham, atrofimiz do‘stlar bilan go‘zal.
Xalqaro do‘stlar kuni do‘stlikni qadrlash lozimligini eslatib qo‘yish maqsadida ham tashkil etilgan. Do‘stlik insonlarga berilgan buyuk in’om. To‘g‘ri, bu kun qachon va kim tomonidan tashkil etilgani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ilk bor o‘tgan asrning birinchi yarmida AQSHda nishonlangani aytiladi. Ya’ni, 1935 yilda AQSH Kongressi avgust oyining birinchi yakshanbasini Milliy Do‘stlik kuni deb e’lon qilgan edi. Ammo keyinchalik bu bayram unutildi. 1958 yildan yana ommalasha boshladi. Yildan-yilga bu ayyomni keng nishonlash urfga aylanyapti. Ayni damda bayram jahonning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanmoqda.
Hayotimiz mobaynida dardimiz, xursandchiligimizni ayta oladigan kamida bitta do‘stimiz bo‘lishi kerak. U qiyin damlarda bizni qo‘llab-quvvatlashi lozim. Arastuning «do‘stlik ikki tanadagi bir qalb» degan gaplari bor. Ammo do‘st va do‘stlikning qadriga hamma ham yetavermaydi. Psixologlar aytishicha, do‘stlikning qadriga yetish haqiqiy san’atdir. Bunga o‘zingiz ham munosib bo‘lishingiz kerak. Nemis faylasufi Gegel: haqiqiy do‘stlik inson hayot yo‘lini tanlay olmagan yoshlik paytlarida paydo bo‘ladi, degan edi. Bu gapda jon bor. Chunki ko‘pchiligimiz (deyarli hammamiz) haqiqiy do‘stlarimizni maktab davrida topganmiz. Bayramni ham, asosan, yoshlar nishonlamoqda. «Bilagi alp birni yiqar, do‘sti ko‘p – mingni» degan maqol ham bekorga ishlatilmagan bo‘lsa kerak.
Tarix kitobida Eftalitlar davlati haqida o‘qiganim yodimda qolgan. «Bu davlat odamlari yoshga qarab, tengdoshlari bilan tez-tez to‘planib turadi. Birovining boshiga kulfat tushsa, pul to‘plab muammoni hal qilishadi. Shodlik va qayg‘uni o‘zaro baham ko‘rishadi», deganga o‘xshash satrlarni o‘qigan edim. «Axir bu bizning «Gap»-ku» deb yuborgandim beixtiyor.
Qadimda, o‘tgan asrning 40-yillariga qadar qishlog‘imizda qish faslining har jumasida «gap» qilinar, bu «jumalik» deyilardi. Keksalar juma namozidan chiqib, biror uyga borishardi. Keyinchalik zamon o‘zgardi, juma ish kuniga aylangani bois, «Gap» shanbaga ko‘chirildi. Ammo chollar juma namozidan chiqib, choyxonada o‘tirishni davom ettiraverdilar. Shanba kuni esa tengdoshlari bilan «Gap»ga to‘planishardi. Hozir qishlog‘imizda «jumalik» iborasi deyarli ishlatilmaydi, hamma zamonaviylashib «Gap» iborasini xalosda.
Haqiqatan, xalqimiz yoshga qarab «Gap» o‘ynaydi. «Gap» deganda ulfatlarning bir oyda yig‘ilishini, choyxona yoki restorandagi uchrashuvlar tushuniladi. Aslida bunday emas. «Gap» yeb-ichishdan iborat bo‘lmay, ma’naviy-ma’rifiy suhbat, do‘stlarning o‘zaro jipslashuvidir. Mehr ko‘zda deganlari bejiz emas.
Sharofiddin To‘laganov
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?