
Kibroy tumani hokimligi matbuot xizmati axborot xabarini e’lon qildi. Unda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Kibroy tumanidagi “Sohibkor” mahallasi aholisi yashaydigan uyning noqonuniy buzib tashlangani haqida ma’lumot tarqaldi.
Ma’lum qilishlaricha, uy buzilishidan avval mulkdor ogohlantirilmagan. Biroq hokimlik ushbu hududda avtomobil yo‘lini kengaytirish va hududni obodonlashtirish ishlari olib borilayotganini bildirdi.
Shu sababli 150 kvadrat metr maydonga ega uyning verandasi buzilgan. Ta’kidlanishicha, buzilish ishlari uy egasi bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.
Mazkur obyektning qiymati bozor narxida baholanib, tegishli miqdorda to‘lov mulkdorga to‘liq qoplab berilgan va jarayon fuqaroning roziligi asosida olib borilgan. Hokimlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va ommaviy axborot vositalaridan vaziyatni sinchiklab o‘rganishni va asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar