date

Urgutda o‘qituvchi mast erkak tomonidan do‘pposlandi

Urgutda o‘qituvchi mast erkak tomonidan do‘pposlandi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan 112-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi mast erkak tomonidan kaltaklangani aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 27-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Maktab rahbariyati holat haqida darhol tuman ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan. Jabrlangan o‘qituvchi esa tibbiyot birlashmasiga yetkazilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari holatni nazoratga olganini, o‘qituvchining ahvoli barqaror ekanini ma’lum qildi.

“Mazkur voqea bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi boshqarma bayonotida.

Mutasaddilar ta’kidlaganidek, ta’lim muassasalari hududida bunday zo‘ravonlik holatlariga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi, aybdor shaxs qonun doirasida javobgarlikka tortiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urgutda o‘qituvchi mast erkak tomonidan do‘pposlandi