date

Psixotrop dori vositalari quvurlarda yashirilgan


Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, psixotrop dori vositalarining kontrabandasi fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida Gulpiyon MFY hududida psixotrop dorilar kontrabandasi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, dori vositalari Qirg‘izistondan o‘tuvchi suv quvuri orqali yuborilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan quvur orqali olib kelingan 233 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” dori vositasi topilgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Kontrabanda” va “Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, ko‘rsatish yoki ularning noqonuniy aylanishi” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda kontrabanda mahsulotini O‘zbekiston hududida qabul qilishi lozim bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov ishlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Psixotrop dori vositalari quvurlarda yashirilgan