Toshkent shahrida yashovchi fuqaro xalqaro firibgarlarga aldanib, katta miqdordagi mablag‘idan ayrildi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimi Umidjon Hamroqulov ma’lum qildi.
Holat bundan ikki oy oldin sodir bo‘lgan. Nigeriyalik firibgarlar ijtimoiy tarmoq orqali ayolga murojaat qilib, katta kompaniya egasi vafot etgani, u o‘sha milliarderning uzoq qarindoshi bo‘lishi e’timoli borligini bildirishgan. “Qon analizingizni bizga jo‘natasiz va biz buni tekshirib ko‘ramiz. Agar qarindoshlik ehtimoli to‘g‘ri bo‘lsa, kompaniya rahbaridan qolgan 3 mlrd dollarlik meros sizga o‘tadi”, deya “qarmoq” tashlagan firibgarlar.
Ayol esa bu yolg‘onga ishongan hamda qon analizini jo‘natgan. Buni tekshirish uchun esa firibgarlarga ming dollar pul ko‘chirib bergan. Biroz vaqtdan so‘ng u haqiqatan ham o‘sha milliarderning qarindoshi bo‘lib chiqqani, minglab odamlarning qon analizlari tekshirilib ko‘rilganida aynan uniki mos kelgani haqida “xushxabar” olgan.
Shu tariqa “meros”ni rasmiylashtirish ishlari boshlangan. Firibgarlar ayolni avvaliga katta miqdordagi pulni o‘tkazishimiz uchun bankdan hisobraqam ochishingiz va unda 20 ming dollar pul bo‘lishi kerak, deya aldashgan.
So‘ngra bosqichma-bosqich “chuv tushirish” jarayoni boshlangan: ayol firibgarlarning ayrim hujjatlarni rasmiylashtirish, advokatlik xizmati va boshqa turli bahonalariga ishonib, bir necha bosqichda ularga 90 ming dollar o‘tkazib bergan. Fuqaroning buncha miqdordagi puli bo‘lmagan. Shu sababli, u o‘z yashab turgan uyini sotib yuborgan hamda bor pulini shu “meros ishi”ga “tikkan”.
“Meros summasi 3 mlrd dollar, deb aytilgan. Shu sababli, fuqaro 90 ming dollar chiqim bo‘lsa ham katta miqdordagi pulga ega bo‘laman, deb o‘ylagan. Bu ish bo‘yicha anchadan beri tergov harakatlarini olib boryapmiz. Mazkur pullar birinchi bosqichda Turkiya davlatiga o‘tkazilgani aniqlandi. Turkiyaga so‘rov jo‘natib, aniqlab ko‘rsak, pullar u yerdan Yevropa davlatlariga o‘tib ketgan ekan. Shu tariqa hozirda ushbu pul 5-6 ta davlatda aylanib yuribdi. Bunaqa ssenariylarning oxirida pullar oddiy odamlarning nomlariga ochilgan bank hisobraqamlariga, ya’ni egallab olingan shaxsiy ma’lumotlar asosida ochilgan onlayn hisoblarga tushgan bo‘ladi. Bundan esa ularning o‘zlarining ham xabari bo‘lmaydi”, deydi IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimi Umidjon Hamroqulov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Umidjon Hamroqulovning qo‘shimcha qilishicha, bu kabi jinoyatlar uyushgan jinoiy guruh tomonidan sodir etiladi. Ularni ochish juda ham qiyin hisoblanadi. Dunyo tajribasida ayni shu turdagi jinoyatlarning 60-70 foizi ochilmay qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi