O‘zgidromet qayd etishicha, O‘zbekiston hududining katta qismida 2024 yilning iyun oyi barcha kuzatuv yillaridagi eng issiq iyun oylari beshligiga kirdi. O‘tgan oyning 27−28 iyun kunlari harorat +43 darajagacha ko‘tarildi.
Toshkentda o‘tgan iyun oyi 2021 va 2023 yillarning iyunlaridan so‘ng uchinchi o‘rinni egalladi, ular me’yordan 2,8−3,2 daraja issiqroq bo‘lgandi.
Oy davomida harorat foni deyarli bir tekis kechgan. Mamlakatimizning katta qismida iyun oyida maksimal harorat asosan +32…+37, janubda va cho‘l hududlarida +36…+41 daraja atrofida bo‘lgan.
Eng issiq havo 27−28 iyun kunlariga to‘g‘ri kelib, harorat +39…+41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida +42…+43 darajagacha ko‘tarilgan.
Biroq bu iyun oyi uchun eng yuqori harorat qiymatlari emas.
Iyun oyidagi maksimal havo harorati rekordlari +42…+44 darajani, janubda va cho‘l hududlarida +45…+47 darajani tashkil etadi. Toshkentda 154 yillik meteorologik kuzatuvlar tarixida 1914 yil iyunida mutlaq maksimal harorat +43 darajani tashkil etgan.
O‘zbekiston bo‘yicha esa barcha kuzatuv yillari uchun mutlaq maksimum harorat 1914 yili Termiz shahrida kuzatilgan. O‘shanda Termiz shahrida harorat +49,6 darajaga yetgan. 1990 yil Qizilqum cho‘lida +47,4 daraja va 2022 yilda Muborakda +47,4 darajada hamda 2005 yilda Buxoroda 46,2 daraja harorat kuzatilgan.
2024 yil iyun oyida yog‘ingarchilik juda notekis bo‘lgan. Umuman olganda, O‘zbekiston hududining katta qismida o‘tgan iyun ekstremal quruq oy deb tavsiflanishi mumkin.
Oy davomida yog‘ingarchilik miqdori 0,0−4 mm ni, ayrim joylarda 6−11 mm.gachani tashkil etgan. Faqat Andijon, Farg‘ona viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonning shimolida yomg‘ir yog‘ishi jadalroq bo‘lgan. Oy davomida yog‘ingarchilik miqdori ba’zi joylarda 15−22 mm.ga yetgan.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘irlar tez-tez kuzatilgan hamda ayrim kunlarda yomg‘ir kuchli — bir necha soat ichida 10−20 mm.gacha bo‘lgan. Bir oy davomida yog‘ingarchilikning umumiy miqdori 25−35 mm.ga yetdi, Farg‘ona viloyati tog‘larida va Toshkent, Qashqadaryo viloyatlarining baland tog‘li hududlarida 60−100 mm.gacha bo‘lishi kuzatilgan.
Shuningdek, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida jala yomg‘irlar hisobiga sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelgan.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s.gacha tezlikda esgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamolning kuchayishi 22−25 m/s.ga yetgan. Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida shamolning ko‘chayishi changli bo‘ronlar bilan qayd etildi, ko‘rinuvchanlik 1000 metrgacha yomonlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi