11:28 / 19.09.2016
7 705

Yaponiyada baliq tutishga mo‘ljallangan dunyodagi eng qadimiy ilmoqlar topildi

Yaponiyada baliq tutishga mo‘ljallangan dunyodagi eng qadimiy ilmoqlar topildi

Yaponiyaning Okinava orolida arxeologlar baliq tutishga mo‘ljallangan dunyodagi eng qadimiy ilmoqlarni topishdi, deb xabar beradi "Kun" nashri. Dengiz shilliqqurti chig‘anog‘idan o‘yib olingan bir juft ilmoqning yoshi 23 ming yilni tashkil qiladi.

Olimlarning taxminicha, Okinavada birinchi odamlar 30 ming yil avval qo‘nim topganlar. Orolda tabiiy zaxiralarning kamligigiga qaramasdan, ular yashab ketishga muvaffaq bo‘lishgan.

Topilma qadimgi odamlar tomonidan o‘sha paytda baliq tutishning ilg‘or texnologiyalari kengroq qo‘llangani haqida taxmin qilishga imkon beradi.

Okinava orolidagi g‘orda ilmoqlardan tashqari mehnat qurollari, munchoqlar va oziq-ovqat qoldiqlari aniqlangan.

Olimlarning fikricha, qadimgi odamlar g‘orga "qisqichbaqalarning ma’lum turlari juda mazali bo‘lgan" vaqtda tashrif buyurib turganlar.

Bungacha eng qadimiy baliq tutish ilmoqlari Timor orolida topilgan ilmoqlar hisoblanardi, ularning yoshi kamida 16 ming yilni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaponiyada baliq tutishga mo‘ljallangan dunyodagi eng qadimiy ilmoqlar topildi