
“Yo‘l qoidasi – umr foydasi” – deb bejizga aytilmagan chunki har bir yo‘l harakati qoidasini buzganlik ortidan avtoulov xaydovchisi chuntagiga, hattoki kimningdur mulkiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishi mumkin.
Joriy yilning 23-may kuni Nukus shahridagi A.Dosnazarov ko‘chasida yuz bergan avtohalokat natijasida jabrlanuvchi S.D.ning boshqaruvidagi “DAMAS” rusumli avtomashinaga 38 793 900 so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining qaroriga asosan avtohalokat natijasida yetkazilgan 38.793.900 so‘m zararni jabrlanuvchi S.D.ning foydasiga qoidabuzar A.N.dan undirish belgilangan.
Ushbu sud qaroriga asosan chiqarilgan ijro varaqa Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, qarzdorning nomida “VAZ 2101” va “NEXIA” rusumli avtomashinalar borligini aniqlab, ularga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Shuningdek, qarzdorga sud qarori ijrosi ta’minlanishi shartiligi, uni ijro etmaslik oqibatlari tushuntirilgan.
Shundan keyin, jabrlanuvchi S.D. Byuroning Nukus shahar bo‘limiga kelib sud qarorida ko‘rsatilgan qarzdorlik to‘liq qoplab berilganligi haqida bildirishnoma berganligi sababli ijro ishi harakatlari yakunlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar