09:42 / 25.11.2016
16 838

Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) gunoh qilganlarmi?

Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) gunoh qilganlarmi?

Cavol. Musulmonlar Muhammadni begunoh tasvirlashadi, va unga har bir narsada ergashishini talab qilishadi, shuningdek shafqatsizlikda ham. Lekin Qur’onda Muhammad biror joyda begunoh deb atalmagan,aksincha shunday oyat borki unda Payg‘ambarning gunohi bor edi va bo‘ladi deb aytiladi.

Javob. Islom tanqidchilari quyidagi oyatni nazarada tutishadi: “(Bu fath) Siz uchun Allohning oldingi va keyingi xatolaringizni kechishi, Sizga O‘z ne’matini mukammal qilib berishi, Sizni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilishi uchundir”. (48:2)
Rus tiliga tarjima qilguvchilar bu erda ko‘pincha biz ishlatgan «xatolaringizni» so‘zi o‘rnida gunohlaringizni so‘zini ishlatishadi. Bu so‘zlar qandaydir ma’noda sinonimlar bo‘lsa ham, zamonaviy so‘z ishlatishda rus tilida “grex” gunoh so‘zi ko‘proq — biror bir Ilohiy qonunni buzish, o‘zini Xudo irodasiga qarshi qo‘yish, axloqsizlik, Xudo jazolaydigan amalni qilishni anglatadi. Arab tilida bu ma’noni ism so‘zi bildiradi. Uning ostiga barcha katta kichik gunohlar kiradi. Lekin keltirilgan Qur’on oyatida ism so‘zi emas, balki zanb so‘zi turibdi, zanb so‘ziga esa “oshibka”- xato tushunchasining ma’nosi yaqinroq., bu so‘z esa o‘rtacha axloqiy inson tabiatini ham bildiraveradi. Olimlar belgilaganlaridek zanb –bu Alloh tomonidan savob berilmaydigan insonning beixtiyor sodir qilgan xarakatidir.
Shunday qilib, zanb – diniy so‘z ishlatishda tushuniladigan gunoh emas, qaysiki o‘z-o‘zidan Xudoning buyrug‘ini bajarish emas, inson o‘z aqli bilan bajargan amal, lekin shu bilan birga Xudoning hukmlari, Shariat ahkomlari bu amal bilan buzilmagan bo‘ladi. Bunday amal Alloh ta’olo tomonidan mukofotlanmaydi, shuningdek jazolanmaydi ham, chunki din amrlari ham buzilmagan edi.
Bu Oyatning nozil bo‘lish sabablari quyidagi voqe’ani tushunishga yordam beradi: Payg‘ambar s.a.v. bir guruh qurayshning obro‘li ulug‘lari bilan suhbatlashib turgan edilar, shu payt bir faqir kishi Payg‘ambar savni oldilariga kelib gaplashmoqchi bo‘ldi. Payg‘ambar sav olib borayotgan suhbatlarini tugashini kutib turishni iltimos qildilar. Lekin Parvardigori olam O‘zining Payg‘ambarini suhbatini to‘xtatib, faqir sahobaga quloq solmaganlari uchun itob qildi. Faqir bilan suhbat Allohning nazdida muhimroq ekanini Muhammad s.a.v. bilmas edilar.
Muhammad sav qonunni ham odobni ham adolatni ham buzmadilar. Zohiran o‘zlarini qanday tutish to‘g‘risida u zot Allohga murojaat qilishlari kerak edi, lekin bunday holatlarda odatda qanday yo‘l tutilsa shunday yo‘l tutdilar. Bu payg‘ambardan boshqa odamga to‘g‘ri ish hisoblansa ham U zot uchun zanb bo‘ldi.
Xulosa qilib aytganda xato ishlarni ixtiyorsiz ravishda qilish har qanday insonda sodir bo‘lishi mumkin, shu jumladan payg‘ambarlarda ham sodir bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan Qur’on oyati qaratilgan Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. da ham, beixtiyor sodir etilgan, ba’zi amaliy xatolar bo‘lgan edi, ammo gunohlar (ism) — shar’iy qonunlarni buzish va Allohning buyruqlarini buzish Payg‘ambar Muhammad s.a.v. da sodir bo‘lmagan.

Oydin Ali-zoda.

Manba: islom.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) gunoh qilganlarmi?