date

Soliq va bank qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lang!

Soliq va bank qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lang!

Yangiqo‘rg‘on tumanida Majburiy ijro byurosi xodimlari qarzdorlikni undirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rmoqda.

Tumandagi bir MCHJ soliqni o‘z vaqtida to‘lamay, qarzdorlikni "ertaga to‘laymiz" deb cho‘zib yurdi. Natijada — qarz miqdori 70 million so‘mga yetib, jamiyatga tegishli bino xatlandi.

Shuningdek, R.B. ismli fuqaroning bank qarzini o‘z vaqtida to‘lamasligi tufayli uning Lacetti avtomashinasi ham xatlandi.

Bundan tashqari, bog‘dorchilik yo‘nalishidagi 4 ta fermer xo‘jaligining bog‘ maydonlari ham soliq qarzdorligi evaziga xatlangan.

Soliq va bank qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lash nafaqat javobgarlikdan saqlaydi, balki biznesingiz barqaror rivojlanishiga ham xizmat qiladi.

Shu o‘rinda esalatib o‘tmoqchimiz: to‘lovni kechiktirmang — xatlash chorasigacha yetkazmang!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq va bank qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lang!