
Qashqadaryo viloyati hududida faoliyat yuritayotgan banklar reklama ma'lumotlarining "Reklama to'g'risida"gi qonun talablariga muvofiqligini o'rganish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasining viloyat bo'limi tomonidan tadqiqot o'tkazildi. Tekshiruvlar natijasida "Infinbank" aksiyadorlik jamiyatining Qashqadaryo viloyati filiali binosi tomida bank nomi aks ettirilgan tashqi reklama obyekti, binoning old fasadida esa bank nomi va xizmat turlarini ko'rsatuvchi "billbord" joylashtirilgani aniqlandi.
Shuningdek, I. Karimov ko'chasida, bank binosiga qarama-qarshi yo'l chetida bank logotipi tushirilgan "stela" ko'rinishidagi tashqi reklama joylashtirilgani qayd etildi.
Ushbu holatlar "Reklama to'g'risida"gi qonun va tashqi reklama bozori tartibini belgilovchi Vazirlar Mahkamasining 104-sonli qarori talablarini buzgan. Shu sababli hududiy boshqarma maxsus komissiyasi mazkur holat bo'yicha ish qo'zg'adi va natijada bank filialiga moliyaviy jarima belgilandi.
Shuningdek, qonunbuzarlikni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo'yicha majburiy ko'rsatma berildi. Biroq bank mazkur qaror va ko'rsatmaga rozi bo'lmay, sudga murojaat qildi.
Sud ishni ko'rib chiqib, da'voni qanoatlantirmadi va hududiy boshqarma qarori hamda ko'rsatmasini o'z kuchida qoldirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.