date

Serbiya prezidenti O'zbekiston tashrifidan mamnun


Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich O'zbekistonga tashrifi natijalaridan mamnunligini bildirdi. Bu haqda u Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi davomida ma'lum qildi.

Vuchichning so'zlariga ko'ra, tomonlar o'zaro hamkorlik deklaratsiyasini hamda bir qator boshqa hujjatlarni imzolashgan. Bu hujjatlar kelgusida qo'shma loyihalar uchun mustahkam asos bo'lib xizmat qiladi.

U tashrif muvaffaqiyatli o'tayotganini va ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun mustahkam poydevor yaratilganini ta'kidladi. Serbiya yetakchisi, shuningdek, O'zbekistonda o'tayotgan hukumatlararo qo'mita yig'ilishidan so'ng, Shavkat Mirziyoyevni Belgradda qabul qilishni rejalashtirayotganini qo'shimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Serbiya prezidenti O'zbekiston tashrifidan mamnun