date

Alimentdan qochish — mas’uliyatdan qochish demak!

Alimentdan qochish — mas’uliyatdan qochish demak!

Zero, farzand ta’minoti qonun himoyasi ostida. Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga asosan, Termiz shahrida yashovchi N.R. voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun sud qarori bilan mas’ul etib belgilangan edi.

Afsuski, qarzdor ota ushbu qonuniy majburiyatdan bo‘yin tovlab, uzoq vaqt davomida aliment to‘lashdan qochib yurgan. Shu sababli unga nisbatan ikki oy avval qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qarzdor N.R. Termiz shahridagi restoranlardan birida kabob pishirib, ish bilan mashg‘ul bo‘lib turgan vaqtida aniqlandi. Bir tarafda bolalari moddiy yordamga muhtoj, och-nahor yuribdi, boshqa tarafda esa ota o‘z hayoti bilan band — bu holat har qanday kishini befarq qoldirmaydi.

Aniqlanganidan so‘ng, qarzdor otaning hujjatlari darhol rasmiylashtirildi, unga aliment to‘lamaslikning qonuniy oqibatlari batafsil tushuntirildi. Natijada u o‘z xatosini anglab, yig‘ilib qolgan 21 million 5 ming so‘m miqdoridagi aliment qarzdorligini to‘liq to‘lab berdi.

Shuningdek, N.R. kelgusida farzandlari uchun aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirib borishga va’da berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Alimentdan qochish — mas’uliyatdan qochish demak!