Davlat manfaatlariga zarar yetkazgan shaxs 75 mln. so‘m jarima to‘ladi

Fuqaro A.U. yer osti qazilma boyliklarini noqonuniy qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgani uchun 75 mln. so‘m jarimaga tortildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tuman sudining 16.12.2025-yildagi hukmiga ko‘ra, unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi 2-qismi “a” bandi asosida bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jinoiy jarima tayinlangan.
Sud hukmiga asosan tayinlangan jinoiy jarima davlat foydasiga undirildi.
Aniqlanishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tuman sudining 16.12.2025-yildagi hukmiga muvofiq fuqaro A.U. nodavlat tijorat tashkilotining mansabdor shaxsi bo‘la turib, mansab vakolatini suiiste’mol qilib, yer osti qazilma boyliklarini noqonuniy ravishda qazib olishda ifodalangan harakatlari bilan davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravar, ya’ni 75 mln. so‘m jinoiy jarima tayinlangan.
Mazkur sud hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida MIB Andijon tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan. Olib borilgan ijro harakatlari natijasida tayinlangan 75 mln. so‘m jinoiy jarima to‘liq undirilib, davlat foydasiga yo‘naltirildi.
Majburiy ijro byuro organlari tomonidan sud hujjatlarining o‘z vaqtida va so‘zsiz ijro etilishi qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.































Izohlar 0
…