date

Yangi yil kechasi Toshkentda qancha turadi?


Yangi yil bayrami uchun O'zbekiston mehmonxonalarida bir kechani bron qilishning o'rtacha narxi 859 ming so'mni (5,8 ming rubl) tashkil etadi. Bu haqda RBK «Ostrovok» servisi ma'lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Tahlilchilar mehmonxona narxlari o'tgan yilga nisbatan 6 foizga arzonlashganini qayd etishmoqda. O'zbekiston Rossiya fuqarolari uchun Yangi yilni o'tkazish bo'yicha eng ommabop uchta yo'nalish qatoriga kirdi.

Yetakchi yo'nalishlar qatorida Belarus, Tailand va O'zbekiston bor. Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning dastlabki sakkiz oyida mamlakatimizga 663,3 mingdan ortiq rossiyalik sayyoh tashrif buyurgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi yil kechasi Toshkentda qancha turadi?