date

FVV xodimlari yigitni plitalardan qutqardi


17-noyabr kuni Toshkentning Olmazor tumanida FVVga "Nihol" mahallasidan shoshilinch qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Qurilayotgan uylardan birida bir yigit og‘ir beton plitalar orasida qisilib qolgan edi.

Qutqaruvchilar voqea sodir bo‘lgan Diyor ko‘chasiga tezkorlik bilan yetib borib, maxsus uskunalar yordamida jabrlanuvchini plitalardan ozod qilishdi. Tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlar tufayli inson hayoti saqlab qolindi.

Jabrlanuvchi ozod qilingach, darhol tibbiyot xodimlariga topshirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » FVV xodimlari yigitni plitalardan qutqardi