
O‘zbekiston Qozog‘istondan olib kelinayotgan don ortilgan vagonlarni tezkor ravishda tushirishga ulgurmayapti. Shu sababli, ayniqsa, Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi Sariog‘och stansiyasida vagonlar to‘planishi kuzatilmoqda.
Bu haqda "APK Yangiliklari" xabar berdi. "Bu holat vagonlarning samarasiz to‘xtab qolishiga olib kelmoqda, natijada Markaziy Osiyo yo‘nalishidagi vagon aylanish vaqti sezilarli darajada oshdi", — deyiladi Qozog‘istonning "Astyk Trans" yuk tashish kompaniyasi press-relizida.
Shu sababli, "Astyk Trans" kompaniyasi noyabr oyida rejalashtirilgan ba'zi yuklarni keyingi oylarga ko‘chirishga majbur bo‘ldi. Kompaniya ma'lum qilishicha, ular vagonlar aylanishini tezlashtirish, tashish jadvalini barqarorlashtirish va mijozlarga yetkaziluvchi ta'sirni kamaytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.