
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) Toshkent shahridagi pullik avtoturargohlar tariflarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlamoqda. Partiya vakillarining qayd etishicha, poytaxt markazidagi avtoturargohlar uchun kunlik to‘lov miqdori qariyb 100 ming so‘mga yetmoqda.
Oylik to‘lov esa eng kam ish haqidan oshib ketayotgan bo‘lib, bu ijtimoiy adolat tamoyillariga zid deb baholanmoqda. Zamonaviy, tartibli va qulay transport tizimi hammamiz uchun muhim.
Ammo bunday tizim aholi daromadlari va imkoniyatlariga mos bo‘lishi, shuningdek, uning asosiy hayotiy ehtiyojlarini inobatga olishi kerak, deyiladi partiya bayonotida. XDP vakillari barcha belgilangan tariflar iqtisodiy asoslangan bo‘lishi va aholiga to‘liq ochiq bo‘lishi shartligini ta’kidlashdi.
Shuningdek, ular ijtimoiy muassasalar yonida ma’lum muddatga bepul avtoturargoh joriy qilish taklifini ham bildirishdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.