11 957
O‘zLiDeP fraksiyasida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakat strategiyasi atroflicha muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi atroflicha muhokama qilindi.
Deputatlar masalaning eng muhim jihatlariga e’tibor qaratib, undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar xususida fikr-mulohazalarini bildirishdi. Ayniqsa harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalar deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Doniyor Abdukadirov: Darhaqiqat, istiqlol yillarida izchil olib borilayotgan demokratik islohotlar samarasi o‘laroq, mamlakatimizda xalq vakillik organi, qonun chiqaruvchi hokimiyat bo‘lgan professional parlament to‘liq shakllantirildi. Hozirda har ikkala palataning faoliyati tobora takomillashib, fuqarolarning xohish-irodasi, huquq va manfaatlarini ifodalovchi, tegishli qonun hujjatlari asosida mustahkamlovchi organ sifatida parlamentning jamiyatdagi o‘rni tobora oshib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida bir palatali parlament yosh mustaqil davlatning demokratik siyosiy tizimi, adolatli fuqarolik jamiyati, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarning huquqiy negizini yaratishga, davlat mustaqilligini mustahkamlashga, milliy davlatchilik poydevorini barpo etishga o‘z hissasini qo‘shdi. Bu davrda Konstitusiyamiz qabul qilindi, xalqimizning xohish-irodasini erkin ifoda etishini ta’minlovchi saylov tizimiga huquqiy zamin yaratildi. 2002 yilning 27 yanvarida Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilgan umumxalq referendumi yakunlari asosida ikki palatali, muntazam faoliyat ko‘rsatadigan professional organ — Qonunchilik palatasi hamda hududlar manfaatini ifoda etadigan vakillik organi — Senatdan iborat parlamentni shakllantirish uchun huquqiy asos yaratildi. Ikki palatali parlament esa mamlakatimiz qonun chiqaruvchi hokimiyati vakolatlari va nazorat vazifalarining rolini kuchaytirishda muhim omil bo‘layotir. Endigi vazifa esa davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq isloxotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda tubdan oshirish, siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iboratdir. Bu esa partiya va uning parlament quyi palatasidagi fraksiyasi oldida muhim vazifalar turganligini anglatadi.
Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shahslaring huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati va aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish talab etilayotir.
Bu esa o‘z navbatida xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy qilish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirishga xizmat qiladi.
Deputatlarning ta’kidlashicha, Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida qayd etilgani O‘zLiDeP dasturidagi maqsad va vazifalarga hamohangdir. Zero unda bevosita asosiy elektoratimiz bo‘lgan tadbirkorlarning manfaatlari o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Adham Shadmanov: Xususan, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yo‘lini davom etish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va rag‘batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish, qolaversa, bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizasiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investision loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish shular jumlasidandir. Muhimi yaqin besh yilga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, barcha turdagi to‘sqinliklar va cheklanishlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish yo‘lida to‘liq erkinlik berishga alohida urg‘u berilayotir. Ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvini qat’iy oldi olinadi. O‘zLiDeP ham davlatning agrar sohadagi munosabatlarini takomillashtirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarining rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlaydi va bu islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Zero, partiya qishloq xo‘jaligidagi muammolarni hal etmasdan turib, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirib bo‘lmaydi deb hisoblaydi.
Yig‘ilishda, mamlakatimizni har tomonilama rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini qamrab olgan harakatlar strategiyasining yana bir ahamiyatli jihatiga qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlarning fikricha, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni muttasil rivojlantirishga qartilgan mazkur islohot eng avvalo mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlashga, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladi. Asosiysi mazkur yaqin besh yilda amalga oshirilishi belgilangan islohotlar barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan, qayta tayyorlanayotgan, tayyorlash, saqlash, sotish, kurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi.
Umuman olganda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim beshta ustuvor yo‘nalishlarini qamrab olgan harakatlar strategiyasi pirovardida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiqladi.
Yig‘ilish so‘nggida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan O‘zLiDeP fraksiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi