date

Kurchatov instituti va O'zatom hamkorlik qiladi

Kurchatov instituti va O'zatom hamkorlik qiladi

Kurchatov instituti va O'zatom agentligi atom energetikasi sohasida mutaxassislar tayyorlashda hamkorlik qiladi. Bu tashabbus Rossiyada o‘tkazilgan yosh olimlar kongressida tashkilot rahbari Azim Axmedhojayev tomonidan ma’lum qilindi, deya xabar beradi Sputnik O‘zbekiston.

"Biz bu ishni o‘zbekistonlik mutaxassislarni Kurchatov institutidagi noyob qurilmalardan foydalanish imkoniyatiga ega qilish uchun amalga oshiryapmiz", dedi Axmedhojayev. Joriy yilning kuzida O‘zatom va Rosatom o‘rtasida Jizzaxda qurilayotgan kelajakdagi atom elektr stansiyasi uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kelishuv imzolangan edi.

Mutaxassislarni tayyorlash Toshkentdagi MIFI filiali negizida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Talabalarni Rossiyaga amaliyotga yuborish ham rejada bor.

Kurchatov instituti 1943 yilda tashkil etilgan. Ushbu o‘quv dargohi atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, muassasa termoyadro sintezi, molekulyar fizika va boshqa sohalar bo‘yicha ham ilmiy izlanishlar olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Kurchatov instituti va O'zatom hamkorlik qiladi