date

Farg‘onada qariyb 1 mlrd so‘mlik gaz talon-toroj qilingani aytilmoqda

Farg‘onada qariyb 1 mlrd so‘mlik gaz talon-toroj qilingani aytilmoqda

Farg‘ona viloyatida 835,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruvda “O’.B.” xususiy korxonasi rahbari B.B. va boshqa shaxslar Farg‘ona tumani “Damko‘l” MFY hududidagi korxonaga qarashli binoda tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulangan bo‘lishi mumkinligi qayd etildi. Natijada 835,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan qonunga xilof tarzda foydalanilgani aniqlangani bildirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda ish doirasida tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada qariyb 1 mlrd so‘mlik gaz talon-toroj qilingani aytilmoqda